AQŞ rasmiylari yana barça fuqarolarini, şu jumladan jurnalistlarni Rossiyani tark etişga çaqirdi. «Hozir amerikaliklarning Rossiyada böliş vaqti emas. Agar siz hozir Rossiyada bölsangiz - xoh iş yoki dam oliş, xoh qandaydir sayohatda böladimi - hozir ketişingiz kerak», - dedi Kirbi. «Rossiya siz uçun yaxşi joy emas, hatto jurnalist bölib işlasangiz ham. Rossiya hozir Amerika fuqarolari uçun duşman muhitga aylangan. Agar siz u yerda bölsangiz, ketiş vaqti keldi», dedi 31 mart, juma kuni Oq uy huzuridagi Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi.

Avvalroq Qöşma Ştatlar öz fuqarolarini Rossiyaga safar qilmaslik haqida bir neça bor ogohlantirgan. Masalan, Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Per 30 mart kuni şunday dedi: «Yana bir bor qat’iy ta’kidlamoqçimanki, amerikaliklar AQŞ hukumatining Rossiyaga safar qilmaslik haqidagi ogohlantirişiga quloq tutişlari kerak». «Rossiyada yaşayotgan yoki u yerga safar qilayotgan AQŞ fuqarolari Davlat departamenti tavsiyasiga köra, zudlik bilan mamlakatni tark etişlari kerak», - deyiladi Jan-Perning bayonotida.

Endi Kirbi tavsiya amerikalik jurnalistlarga ham taalluqli ekanini alohida qayd etdi.

Tavsiya The Wall Street Journal (WSJ) gazetasining Rossiyadagi muxbiri Evan Gerşkoviçning hibsga olinişi bilan boğliq.

AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Moskvadagi «Lefortovo» tergov izolyatorida («SIZO») saqlanayotgan Gerşkoviç bilan uçraşişga erişiş böyiça urinişlarni davom ettirmoqda.

«Biz konsullik darajasida kiriş imkoniga ega bölmadik, elçixonamizdan heç kim u bilan uçraşa olmadi», — deya Jon Kirbining sözlarini keltirgan CNN. «Albatta, biz bu borada işlaşni davom ettiramiz va uning ahvolini öz közimiz bilan köriş uçun konsullik ruxsati ololmagunimizça buni davom ettiramiz», — deya qöşimça qildi Oq uy koordinatori.

AQŞ rasmiylari Rossiyaning «josuslik» haqidagi da’volari «bema’ni» va «mutlaqo kulgili» ekanligiga işonçi komil.

Kirbining sözlariga köra, Gerşkoviçning hibsga olinişi va unga qöyilgan ayblovlar Vaşington uçun kutilmagan voqea bölgan. Oldindan ogohlantiriş va Rossiya jurnalistlarga qarşi jiddiy çoralar körmoqçi ekaniga işora ham yöq edi, dedi u. «Amerika fuqarosi Evan Gerşkoviç Rossiyada qölga olingani haqidagi xavotirli xabarlardan çuqur xavotirdamiz», dedi Jan-Per.

The Wall Street Journal gazetasi jurnalisti Evan Gerşkoviçning Rossiyada josuslikda ayblanib hibsga olinganidan söng, AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati diplomatik va siyosiy eskalatsiya ehtimolini körib çiqişi kerak, deb yozadi WSJ. 30 mart oqşomida çop etilgan tahririyat maqolasiga köra, Rossiya elçisi, şuningdek, mamlakatda işlayotgan barça rossiyalik jurnalistlarning Qöşma Ştatlardan