Jahon | 21:44 / 01.04.2023
10998
2 daqiqa o‘qiladi

Finlandiyaning NATO tarkibiga kirish arizasi barcha a’zo davlatlar tomonidan ma’qullandi 

Buni amalga oshirgan so‘nggi davlat Turkiya bo‘ldi. 

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat parlamentini Finlandiyaning NATOga kirish haqidagi arizasini ratifikatsiya qilish haqidagi qarorini ma’qulladi. 

Qonun e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Respublika parlamenti tegishli bayonnomani 31 mart kuni tasdiqlagan edi. 

Finlandiya 2022 yil may oyida Shvetsiya bilan ittifoqqa qo‘shilish uchun ariza topshirgan. Mamlakatlarning ittifoqqa a’zoligi faqat Turkiya tomonidan ratifikatsiya qilinmagan edi. 

NATO yetakchilari 2022 yil 29 iyun kuni Madridda bo‘lib o‘tgan sammitda Finlandiya va Shvetsiyani alyansga a’zo bo‘lishga rasman taklif qildi. Dastlab Turkiya bu davlatlarning NATOga qo‘shilishiga qarshi chiqqan yagona mamlakat bo‘ldi. Bunga Stokholmdagi Turkiya elchixonasi oldida namoyishchilar Qur’on nusxasini yoqib yuborgan norozilik aksiyasi sabab bo‘lgan.

Namoyish tashkilotchisi daniyalik-shved, o‘ta o‘ngchi siyosatchi Rasmus Paludan edi. Anqara bunday harakatlarni qattiq tanqid qildi. Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson bu harakatni musulmonlarga nisbatan hurmatsizlik deb atadi. 

Hozirgi vaqtda NATOga 30 ta davlat a’zo hisoblanadi.

Mavzuga oid