Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» va Benzema klasiko oldidan avjiga chiqdi, Shomurodovda debyut gol. Yevropada kun o‘yinlari
«Milan» «Napoli»ni ayamadi, «PSJ» o‘z uyida qatorasiga ikkinchi bor mag‘lub bo‘ldi. Yakshanba kuni Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Angliya: Kazemirosiz bo‘shliq

Nyukasl — Manchester Yunayted 2:0
Gollar: Uillok (65), Uilson (88).
Nyukasl – Poup, Tripper, Sher, Botman, Bern, Gimaraes, Longstaff, Uillok (Anderson, 84), Merfi (Gordon, 68), Sen-Maksimen (Joelinton, 68), Isak (Uilson, 80).
Manchester Yunayted – De Xea, Dalot, Varan (Lindelyof, 83), Martines (Pelistri, 83), Shou, Zabitser, Fernandesh, Maktominey (Fred, 82), Antoni (Sancho, 62), Vegorst (Marsiyal, 62), Reshford.
Jarohat tufayli milliy jamoa o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan Reshford Nyukaslga safar arafasida tiklanishga ulgurdi, ammo «MYu» hujumda deyarli hech narsaga erisha olmadi. Aksincha, «qarg‘alar» o‘yin masalasini birinchi bo‘limdayoq hal qilib qo‘yishga yaqin edi, ammo De Xea Isakning bosh bilan yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini qaytardi, Uillok esa ikki bor juda qulay pozitsiyadan turib darvozani ishg‘ol eta olmadi. Umuman, Eddi Hau jamoasi yaxshiroq o‘ynadi va tanaffusdan keyin haqli ravishda o‘z niyatiga yetdi.
«Nyukasl»ning birinchi golli kombinatsiyasini qayta-qayta tomosha qilish mumkin. Undagi barcha jihatlar zavq beradi — temp, uyg‘unlikdagi harakat, ulkan xohish. O‘ng qanotdan uzatma berilgan inglizcha klassika, ikkinchi qanotdagi Sen-Maksimen to‘pni markazga tashlab berishi va bu safar xato qilishga haqqi yo‘q bo‘lgan Uillokning darvozani ishg‘ol etishi. Umuman olganda, Trippiyer burchak yaqinida belgilangan jarima zarbasidan to‘pni Uilsonning boshiga yetkazib berganda urilgan ikkinchi golga ham shunday ta’rif berish mumkin.
Aftidan, Kazemironing yo‘qligi — «qizil iblislar» amalda hukm bo‘lmoqda. «MYu» braziliyalik tayanch yarimhimoyachisiz o‘tgan sakkiz o‘yindan to‘rttasida mag‘lub bo‘lgan, u safda bo‘lgan 19 o‘yindan faqat uchtasida mag‘lubiyatga uchralgan. O‘zaro o‘yindagi g‘alaba evaziga to‘rtlikka qaytgan va «MYu»ni quvib o‘tgan «Nyukasl» bugun «Tottenhem» «Everton» bilan o‘yinda g‘alaba qozongan taqdirda ham to‘rtlikda qoladi, qolaversa «qarg‘alar»da ikkita zaxira o‘yini bo‘ladi.

Ispaniya: Benzemaning benefisi

Real — Valyadolid 6:0
Gollar: Rodrigo (22), Benzema (29, 32, 36), Asensio (73), Vaskes (90+2).
Real – Kurtua, Alaba (Valexo, 69), Militao, Kamavinga, Kroos, Tchuameni, Vaskes, Asensio, Vinisius (Sebalos, 69), Rodrigo (Odriosola, 82), Benzema (Azar, 65).
Valyadolid – Asenxo, Peres (Kike Peres, 46), Xoakin Fernandes, Al Yamik, Fresneda, Lukas Roza (Torres, 61), Mesa (Plano, 46), Ongla (Aguado, 46), Monchu, Plata (Amalla, 70), Leon.
Ogohlantirish: Fresneda (64).
Karlo Anchelotti nihoyat o‘ziga Braziliya milliy jamoasidan qiziqish mavjudligini omma oldida tan oldi, lekin uning javobini ikki xil talqin etish mumkin. Bir tomondan, italiyalik mutaxassis vijdonan ish tutib, muddati 2024 yil yoziga qadar bo‘lgan shartnomani oxirigacha ishlab berishni xohlashini bildirdi. Shu bilan birga, uning tilidan o‘zida «Real» bilan sovrin yutish uchun ikki yarim oy qolgani haqidagi ibora ham yangradi.
Gap Ispaniya kubogi va Chempionlar ligasi haqida ketmoqda. Shu bilan birga, qator ispan insayderlariga ko‘ra, yana bir yevrokubok qo‘lga kiritilishi Anchelotti bilan shartnoma uzaytirilishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Qolaversa, Karlo yozgi transferlarda faollik ko‘rsatmasligi bilan jamoa rahbariyati uchun ideal nomzod bo‘lishi mumkin. Transferlar bozorida «Real» tavakkalchilik qilishni istamaydi, shuning uchun u yoki faqat Bellingem kabi tayyor yulduzni olishi, yoki umuman hech qanday xaridga qo‘l urmasligi mumkin. Ammo Anchelottiga ehtimoliy o‘rinbosarlar to‘lqini bo‘lishi muqarrar edi, garchi bu yangiliklarning bir qismi 1 aprel bilan bog‘liq bo‘lsa ham.
Masalan, Argentinadagi nashrlar Madriddan qo‘ng‘iroq bo‘lishini kutib, bir necha taklifni rad etgan Maurisio Pochettino haqida yozishdi. Go‘yoki, ushbu mutaxassis — Florentin Peres uchun favorit, qaymoqranglilar rahbarlarining aksari esa klub afsonasi Raul nomzodini ma’qul ko‘rishmoqda. U «Real»ning o‘rinbosarlar jamoasi bilan juda yaxshi ishlamoqda va uning shogirdlaridan biri, 18 yoshli Alvaro Garsiya asosiy jamoaga qo‘shildi. Urugvaylik vunderkinddagi o‘sish shunchalik yaxshi taassurot qoldirganki, rahbariyat uni jamoaning kelgusi mavsumdagi asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rmoqda va yangi forvard izlamoqchi emas.
Doimiy mish-mishlarga ko‘nikib ketgan «Real» terma jamoa o‘yinlaridan keyin dam berilgan Modrich va Valverdesiz ham «Valyadolid» mudofaasini yakson etdi. Mehmonlarning debyutdagi dadil o‘yini madridliklarni g‘azablantirdi deyish ham mumkin, bu vaqt oralig‘ida mehmonlar hujumchilari qulay pozitsiyadan turib gol ura olmadi, yana bir zarba ustunga tegdi. Mehmonlar himoyasi chap qanot himoyasida Kamavinga boshlab bergan birinchi xavfli hujumdayoq gol o‘tkazib yuborishdi. Keyin esa Benzemaning soati keldi.
Yoki, juda aniq qilib aytganda, olti yarim daqiqalik. Fransuz hujumchisiga Madriddagi faoliyati davomida tanaffusga qadar het-trik qayd etish uchun shuncha vaqt yetarli bo‘ldi. Ikki golda Karimga Vinisius Junior assistentlik qildi. Rodrigoning uzatmasi navbati kelganida esa, «Oltin to‘p» sohibi haqiqiy shedevr ijro etib, to‘pni qaychi uslubida darvoza to‘riga yo‘lladi. Benzemaning o‘rniga tushirilgan Azar esa oltinchi golga uzatma berdi. Chorshanba kuni Ispaniya kubogining yarim finali javob uchrashuvida kechadigan klasiko shiddatli kechishini oldindan aytish mumkin. «Real» «Barsa»ga qarshi o‘yinlardagi mag‘lubiyatli seriyasiga chek qo‘yishga bel bog‘lagan.
Vilyarreal — Real Sosedad 2:0
Gollar: Parexo (77, penalti), Jyekson (81).
Ogohlantirishlar: Terrats (26), Subeldiya (27), Reyna (53), Foyt (65), Subimendi (75), Silva (76), Jyekson (82).
Chetlatish: Jyekson (90+1).
Atletiko — Betis 1:0
Gol: Korrea (86).
Atletiko – Oblak, Molina (De Pol, 59), Savich, Ximenes, Ermoso, Karrasko (Saul, 84), Koke (Vitsel, 84), Lemar (Korrea, 59), Lorente, Grizmann, Morata (Barrios, 68).
Betis – Ruy Silva, Ruibal, Pesselya, Luis Felipe, Miranda, Vilyam Karvalyu, Rodriges, Rodri (Xoakin, 62), Luis Enrike, Iglesias (Villian Joze, 82), Peres (Xuanmi, 69).
Ogohlantirishlar: Molina (36), Peres (61), Villian Joze (90+2).
Chempionlik masalasi kabi ikkinchi o‘rin taqdiri ham amalda hal qilib bo‘lingan. Shunday ekan, eng jiddiy kurash Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi qolgan o‘rinlar uchun kechadi. Yakshanba kuni «Vilyarreal» ham poygaga qaytdi. Uch mag‘lubiyatdan iborat seriyadan keyin o‘zini o‘nglay boshlagan «sariq submarinalar» keyingi besh turda mag‘lub bo‘lishmadi. Bu davrda Kike Seten shogirdlari to‘rt o‘yinda g‘olib bo‘lishdi, yakshanba kuni esa bu kurashdagi to‘g‘ridan to‘g‘ri raqibi «Real Sosedad»ni so‘nggi daqiqalarda taslim etishdi. Endi «Vilyarreal»ning to‘rtinchi o‘rin bilan oradagi farqi to‘rt ochkoni tashkil etmoqda, basklar hozirda ko‘rsatayotgan beqarorlik inobatga olinsa, bu ko‘p emas.
Beshinchi o‘rindagi «Betis» ham «Real Sosedad»ning beqarorligidan umid qilmoqda, ammo tarkibdagi muammolar Maurisio Pellegrini jamoasiga «Atletiko» maydonidan ochko olib qaytishga imkon bermadi. «Matraschilar» yana bir bor temir irodasini, Diyego Simeone esa — topqirligini namoyish etdi. O‘yin oxirida g‘alaba golini urgan Korrea madridliklarga o‘yin oxirida natija keltirgan 14-gol muallifiga aylandi. Bu borada jamoaga Yevropa yetakchi ligalarida teng keladigani yo‘q, g‘alaba esa Grizmann va Oblakka qo‘shimcha sovg‘a bo‘ldi. Fransuzga o‘yin oldidan la liganing mart oyi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrin topshirildi, darvozabon esa o‘yinlari sonini Godinniki bilan (389) tenglashtirib, legionerlar uchun klub rekordini takrorladi.

Italiya: Rim kuni
Monsa — Latsio 0:2
Gollar: Pedro (13), Milinkovich-Savich (56).
«Inter»ning navbatdagi qoqilishi Maurisio Sarri uchun yaxshi sovg‘a bo‘ldi. «Latsio» bu bilan cheklanmay, ikkinchi o‘rinni yanada mustahkamladi. Birinchi bo‘limda Sarri jamoasiga xos bo‘lgan pressing ish berdi, tanaffusdan keyin esa Dzakkanya «Monsa» mudofaasini dog‘da qoldirib, o‘z hisobiga navbatdagi assistni yozib qo‘ydi. Mezbonlar uni to‘xtatish uchun uch bor sariq kartochka ishlashdi, bu holatlardan birida jazo ikki hissa bo‘ldi, belgilangan jarima zarbasini Milinkovich-Savich ajoyib golga aylantirdi. Bu ushbu serbiyalik futbolchining «burgutlar» safidagi 66-goli bo‘ldi va u Rimning ushbu klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purar legionerga aylandi. «Latsio» himoyada ham yaxshi harakatlanmoqda va qatorasiga oltinchi turda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Roma — Sampdoriya 3:0
Gollar: Veynaldum (57), Dibala (88, penalti), Al-Sha’roviy (90+4).
Roma – Patrisiu, Smolling, Lorente, Spinatssola, Veynaldum, Matich, Pellegrini (Solbakken, 80), Zalevski (Chelik, 87), Sha’roviy, Dibala, Abraham (Belotti, 58).
Sampdoriya – Ravalya, Dzanoli (Xese, 89), Murilo, Amione, Aujyello, Rinkon (Paoletti, 67), Jurichich, Uinks (Malagrida, 89), Kyuizans (Murru, 55), Leris, Gabbyadini (Lammers, 67).
Ogohlantirishlar: Abraham (8), Murilo (11), Spinatssola (21), Dzanoli (49), Smolling (60), Paoletti (68), Uinks (70).
Chetlatish: Murilo (52).
Rimning ikkinchi jamoasi yana «Atalanta»ni quvib o‘tdi va bir muddatga «Milan»ni to‘rtlikdan chiqarib yubordi. Shu bilan birga «Roma» «Latsio»dan farqli o‘laroq xavfli hududdagi «Sampdoriya» darvozasini ishg‘ol etishda qiynaldi. Sababi — «bo‘rilar»ning vaziyatlardan foydalanishdagi doimiy muammolari. Ular faqat mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolganidan keyin gol ura olishdi. Qolaversa, hisobni ochgan Veynaldum uchun bu ikkinchi zarba edi. Birinchi bo‘limda u to‘pni darvozabondan o‘tkazgandi, ammo to‘p ustunga tegdi. Lekin Matichning uzatmasidan keyin boshi bilan to‘pni gazonga cho‘pchitgan holda darvoza to‘riga yo‘lladi va bungacha genuyaliklarni bir necha bor qutqargan darvozabonni ilojsiz ahvolda qoldirdi. Mavsumning birinchi qismini jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan Veynaldum o‘yin oxirida penalti ishladi, shundan keyin raqib butunlay taslim bo‘ldi, qo‘shimcha daqiqalarda hisob yiriklashdi.
Napoli — Milan 0:4
Gollar: Leau (17, 59), Dias (25), Salemakers (67).
Napoli – Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim (Jyezus, 81), Ruy, Lobotka (Elmaz, 68), Zelinski (Ndombele, 68), Zambo-Angissa, Politano (Losano, 68), Kvaratsxeliya, Simeone (Raspadori, 77).
Milan – Menyan, Kalabriya, Ker, Tomori, Ernandes, Krunich (de Ketelare, 83), Binnosir (Bakayoko, 83), Dias (Salemakers, 57), Tonali, Leau (Origi, 74), Jiru (Rebich, 74).
Ogohlantirishlar: Jiru (35), Lobotka (40), Krunich (63).
Amaldagi chempion «Milan»ning bo‘lajak chempion «Napoli»ga qarshi o‘yini turnir ahamiyatiga ega emasdi. Lekin bu o‘yinga YeChL chorakfinali repetitsiyasi sifatida qarash mumkin. Qolaversa, Luchano Spalleti belidan jarohat olib, ikki haftaga safdan chiqqan Osimhen tarkibda bo‘lmagan holatda o‘ynashga odatlanishi kerak. Shu bilan birga, neapolitanliklar A Seriyaning bu mavsumida eng yaxshi to‘purari qatnashmagan yetti o‘yinning barchasida g‘alaba qozongandi, jumladan birinchi davrada «Milan»ga qarshi safar o‘yinida ham.
Ammo nigeriyalik hujumchi o‘rniga hujum markazida tushgan Simeone debyutda qulay vaziyatni yo‘qqa chiqardi, keyin esa Braim Diasning ilhomi keldi. Ispaniyalik futbolchi avvaliga o‘ng qanotda raqiblardan qochib ketib, Rafael Leauni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi, keyin jarima maydonida raqib himoyachilarini yo‘ldan olib, qaytarib bo‘lmas zarba yo‘lladi. Bu Stefano Piolining joriy mavsumdagi eng yaxshi o‘yini bo‘lmasa, eng yaxshilaridan biri bo‘ldi. «Rossoneri» skudettoning amaldagi egasi kim ekanini yodga solib qo‘yish uchun harakat qildi.
Maydonda Spalletti jamoasi futbolchilari yosh bolalardek ahvolga tushirildi. Leau ikkinchi bo‘limda neapolliklar himoyasini shunchaki mazax qilgan holda dublni rasmiylashtirdi.
Salemakersning yurishlari esa barchasidan oshib tushdi. Milanliklar Kvaratsxeliyani soyada qoldirishdi, endi Italiyaning amaldagi va bo‘lajak chempionlarining Yevropa maydonlaridagi to‘qnashuvi yanada shiddatli kechadi. Biri alamzada, ikkinchisi — o‘ziga ishonchi baland.
Spetsiya — Salernitana 1:1
Gollar: Shomurodov (70) — Kaldara (43, avtogol).

Eldor Shomurodov «Spetsiya»ning «Salernitana»ga qarshi o‘yinida javob golini yo‘lladi. Qishki transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirgan o‘zbekistonlik futbolchi bunga qadar yangi jamoasida 7 o‘yinda maydonga tushib, faqat ikkitasida to‘liq 90 daqiqa o‘ynagandi. Bu uning A Seriyaning joriy mavsumidagi 1-goli bo‘ldi. Lekin uning jamosi 25 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda - 18-o‘rindagi «Verona» bilan oradagi farq 6 ochko.

Fransiya: Blan Parijda g‘olib bo‘ldi
PSJ — Lion 0:1
Gol: Barkolya (56).
Aniq ijro etilmagan penalti: Lyakazett (39).
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Bitshiabu (Ruis, 60), Danilu Pereyra, Mendesh, Verratti (Ekitik, 60), Sanshesh (Zair-Emeri, 74), Vitinya (Garbi, 83), Messi, Mbappe.
Lion – Antoni Lopesh, Kumbedi (Kakre, 62), Lovren, Lukeba, Diomande, Talyafiko, Tiago Mendes, Lepenan (Tolisso, 63), Sherki (Auar, 69), Lyakazett (Dembele, 69), Sarr (Barkolya, 23)
«PSJ» chempionlikni yutishiga haliyam deyarli hech kim shubha qilmayapti. Liga 1 turnir jadvalida «Lans» va «Marsel» bilan oradagi olti ochkolik farq — juda ko‘p. Ammo matematik jihatdan hali hamma narsa bo‘lishi mumkin. Baribir, ichki chempionatda «Park de Prens»dagi qatorasiga ikki o‘yindagi mag‘lubiyat — anomal hodisa. Ikki yil muqaddam qatorasiga uch o‘yinda ochko yo‘qotilganida, Maurisio Pochettino chempionlikni «Lill»ga topshirib qo‘ygandi.
O‘shanda, «Lill»ni parijliklarning hozirgi murabbiyi Kristof Galte boshqarardi, yakshanba kungi o‘yinda uni «PSJ»ning sobiq ustozi Loran Blan ranjitdi. Va bu Lyakazett penaltini ura olmagan o‘yinda bo‘ldi, hujumchi Donnarummani alday oldi, ammo uning zarbasi ustunga tegdi. Faxriy hujumchi amalga oshira olmagan ishni ikkinchi bo‘limda 20 yoshli Barkola uddaladi, u yil boshidan buyon o‘z hisobiga 10 (6+4) ball yozib qo‘ydi. Yaqinda inqiroz holatida bo‘lgan «Lion»da o‘sish kuzatilmoqda, chempionat gegemoni uchun esa bu mavsum so‘nggi yillardagi eng nursiz mavsum bo‘lmoqda.

Kun statistikasi
- «Bolonya» himoyachisi Posh yil boshidan buyon 4 gol urib ulgurdi. Avstriyalik himoyachi bu davr ichida top-5 ligalarda eng samarador himoyachi bo‘lib turibdi.
- «Roma» hujumchisi Dibala Italiyada 7-mavsumda gol+pas tizimida kamida 10+5 ko‘rsatkichini qayd etmoqda. Bunday natijaga qariyb yigirma yil muqaddam faqat Ibrahimovich, Di Natale va Totti erishgandi.
- Dam olish kunlarida APLda joriy mavsumda 12- va 13-iste’folar ro‘y berdi, ular «Lester»da 4 mavsum ishlagan Brendan Rodjyers va «Chelsi»da bir mavsum ham ishlay olmagan Grem Potter bo‘ldi. Bu Angliyada turnir rekordi hisoblanadi.
- Himoyachi Agerd «Vest Hem» uchun APLda gol urgan 165-futbolchi bo‘ldi. Bu turnir rekordi sanaladi, bunga eng yaqin natijalar «Tottenhem» (162) va «Nyukasl» (161) futbolchilari tomonidan qayd etilgan.
- «Real» hujumchisi Karim Benzema la ligada 233 gol urib ulgurdi. U yana bir aniq zarbadan keyin turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda joylashgan qaymoqranglilarning boshqa bir afsonasi — meksikalik Ugo Sanchesga yetib oladi. Keyingi mo‘ljal — o‘tgan asr o‘rtalarida «Atletik» safida 252 gol urgan Telmo Sarra bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
11:01 / 19.05.2026
«Arsenal» g‘alabali seriyani davom ettirdi va chempionlikka yaqinlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
07:03 / 07.05.2026