O‘zbekiston | 08:46 / 04.04.2023
12062
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Centrum Air aviakompaniyasi Jidda shahriga aviaparvozlarni amalga oshiradi

Centrum Air aviakompaniyasi xalqaro yo‘nalishda aviareyslarni yo‘lga qo‘ydi. Ilk parvoz  Saudiya Arabistonining Jidda shahriga amalga oshirildi. 8 apreldan O‘zbekistondan Jiddaga har kuni parvoz qilish mumkin.

O‘zbekistonda loukoster formatida ish boshlagan aviakompaniyalar qatori kengaymoqda. Yaqinda ish boshlagan Centrum Air aviakompaniyasi bir kunlik aksiya doirasida Termiz-Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar narxini 85 ming so‘m qilib belgilagani ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otgan edi.  

Toshkent aeroportida Centrum Air aviakompaniyasi  o‘zining birinchi xalqaro reysini amalga oshirayotganining guvohi bo‘ldik. Ilk reys Saudiya Arabistonining Jidda shahriga bo‘layotgan ekan. Kompaniya mutasaddilarining ma’lum qilishicha, 8 apreldan boshlab bu reys har kuni amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar bir kun Toshkentdan, bir kun Namangandan Jiddaga uchishlari mumkin.

188 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan Boeing 737 samolyotlari hech qanday tranzitlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri Jidda aeroportiga qo‘nadi.

O‘zbekistonning 12 ta viloyatiga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygan Centrum Air bayramlar arafasida o‘zbekistonliklarni arzon aviachiptalar aksiyasi bilan mamnun qilishni rejalashtirgan. Bu bilan yo‘lovchilarda aviaqatnovlardan foydalanishga ishtiyoqni yanada oshirish ko‘zda tutilgan.

Tel: +998-55-518-88-88

Sayt: www.centrum-air.com

Web: https://centrum-air.com/index.html

Telegram: https://t.me/centrumair

Instagram: centrumair

Facebook: Centrum AIR

Reklama huquqi asosida

Гулмира Тошниёзова
Tayyorlagan Гулмира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid