Uçraşuvda sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalar, mahalliy işbilarmon doiralar, Uralsk xalqaro aeroporti va davlat hokimiyati organlari vakillari iştirok etdi. Taqdimot davomida Özbekistonning turpaketlari, asosiy sayyohlik yönalişlari va Toşkentga yangi töğridan töğri reyslar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ta’kidlanişiça, yangi aviaqatnov qozoğistonlik sayyohlar uçun Özbekistonga sayohatni ança osonlaştirib, turistik almaşinuv hajmini oşirişga xizmat qiladi. Şuningdek, tadbirda mamlakatda turizm sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar va yangi loyihalar, jumladan, Toşkentda “Tungi sayyohlik köçalari”ni taşkil etiş taşabbusi haqida ham ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinişiça, sönggi vaqtlarda Qozoğiston sayyohlik kompaniyalarining Özbekistonga qiziqişi ortib bormoqda va bu aviaçiptalar savdosi hajmining ösişida ham aks etmoqda.
Uçraşuv yakunida tomonlar sayyohlik sohasida hamkorlikni yanada kengaytiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş va tajriba almaşiş böyiça kelişuvga erişdi.

















