Xususan, Centrum Air aviakompaniyasining Toşkent – Dubay yönalişi böyiça C6-351 reysi Toşkent xalqaro aeroportiga qaytişga qaror qilgan. Şuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-333 reysi ham xavfsizlik va parvozlarni muvofiqlaştiriş talablari asosida jönab ketiş aeroportiga qaytmoqda.
Ma’lum qilinişiça, mazkur qarorlar parvoz xavfsizligini ta’minlaş maqsadida qabul qilingan. BAA havo hududidagi çeklovlar vaqtinçalik bölişi mumkinligi aytilmoqda.
Ayni paytda aviakompaniyalar vaziyatni kuzatib bormoqda va reyslar jadvali böyiça keyingi qarorlar havo harakatini boşqaruvçi xizmatlar hamda aeroportlar bilan kelişilgan holda qabul qilinadi.
Yölovçilarga esa aviakompaniyalarning rasmiy axborot manbalari orqali yangilangan ma’lumotlarni kuzatib boriş tavsiya etilmoqda.

















