O‘zbekiston | 11:36 / 05.04.2023
3984
2 daqiqa o‘qiladi

Tanzila Norboyeva BCI xalqaro tashkiloti rahbariyati bilan uchrashdi

Senati raisi “Better Cotton Initiattive” xalqaro tashkilotining standartlar va sifat kafolati bo‘yicha direktori Chelsi Reynxard bilan paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga xalqaro standartlarni kengroq joriy etishda hamkorlikni rivojlantirish masalasini muhokama qildi. 

Foto: Senat.uz

Senat xabarida ma’lum qilinishicha, keyingi 6 oy davomida BCI rahbariyati va vakillari mamlakatga bir necha bor tashrif buyurishgan. Xususan, ushbu tashkilotining bosh direktori Alan Makkley hamda menejyeri Reychel Bekket bilan samarali uchrashuvlar tashkil etilgan. Natijada respublika paxta-to‘qimachilik klasterlarini yanada rivojlantirish, fermer xo‘jaliklari miqyosida “Better Cotton” tizimi standartlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ko‘maklashishga qaratilgan qaror qabul qilingan.

Foto: Senat.uz

4 aprel kuni Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa O‘zbekistonda paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga xalqaro standartlarni kengroq joriy etish, shuningdek, paxta yetishtirish amaliyotini takomillashtirishda BCI loyihasi bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashilgan.

Foto: Senat.uz
Foto: Senat.uz

Biz yangi o‘sish nuqtalarini belgilash bilan sanoatni rivojlantirishga o‘tdik. Xususan, korxonalar faoliyatiga jahon brendlari talablariga mos keladigan xalqaro standartlarni joriy etish ustuvor vazifa bo‘ldi. Respublika to‘qimachilik sanoatiga xalqaro standartlarni joriy etish va sifatli amalga oshirish uchun Milliy komissiya doirasida BCI standartlarini joriy etish chora-tadbirlarini o‘z ichiga olgan alohida “Yo‘l xaritasi”ni qabul qildik. Quvonarlisi, bugungi kunda ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari ularni amalga oshirishdan manfaatdor, chunki aynan paxta sanoatida munosib mehnat munosabatlarini joriy etish borasida erishilgan yutuqlar jahon brendlarining O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda”, — deya ta’kidlagan Tanzila Norboyeva.

O‘z navbatida, Chelsi Reynxard hozirgi vaqtda O‘zbekiston paxta to‘qimachilik sohasiga xalqaro standartlarni joriy etayotgan ilg‘or davlatlardan biriga aylanish uchun katta salohiyatga ega ekanini bildirgan.

Mavzuga oid