Jahon | 15:24 / 07.04.2023
17748
5 daqiqa o‘qiladi

Donbassdagi janglar: Rossiya Konstantinovka va Chasiv Yarni, Ukraina - Donetskni o‘qqa tutdi. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 407-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina tomonida jang qilayotgan «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» Bryansk oblastida «jangovar topshiriqlar bajarilgani» haqida xabar berdi. Undan avvalroq RF mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar 15 kishidan ortiq diversiya guruhining Bryansk oblastiga bostirib kirishining oldini olgani haqida ma’lum qilgandi.
  • «Vajnyye istorii»ning yozishicha, rossiyaliklarning ko‘ngillilar va yollanma jangchilar orasidagi yo‘qotishlari kamida sakkiz ming kishini tashkil etadi. Jurnalistlar boquvchisini yo‘qotgani munosabati bilan Rossiya pensiya jamg‘armasidan nafaqa oladiganlar soni bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganishgan. U mudofaa vazirligidan pensiya olish huquqiga ega bo‘lmagan qurbonlarning qarindoshlari tomonidan rasmiylashtirilgan. Ko‘ngillilar va yollanma jangchilar orasidagi qurbonlarning haqiqiy soni bundan ancha ko‘p bo‘lishi ham mumkin.
  • Ukraina qo‘shini okkupatsiya qilingan Donetsk bo‘ylab zarba berdi. «RIA Novosti» ma’lumotiga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan besh kishi halok bo‘lgan. «Interfaks» RF Tergov qo‘mitasining annexia qilingan «DXR»dagi boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.

Kunning asosiy voqeasi. Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlar

Okkupatsiya ostidagi Donetsk rasmiylariga ko‘ra, 6 aprel kuni ukrain qo‘shini shaharning Kalininskiy, Budennovskiy va Kiyevskiy rayonlarini o‘qqa tutgan. «RIA Novosti» tinch aholi vakillaridan besh kishi halok bo‘lganini xabar qilgan. «Interfaks» RF Tergov qo‘mitasining annexia qilingan «DXR»dagi boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, to‘qqiz kishi halok bo‘lib, yetti kishi yaralangan. Ukraina tomoni Donetsk bo‘ylab berilgan zarbalar yuzasidan izoh bermadi.

Quyida shaharga hujum oqibatlari aks etgan suratlar.

Donetskda yashovchi ayol Ukraina qurolli kuchlari zarbasi vaqtida halok bo‘lgan yaqin kishisining jasadi ustida yig‘lamoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetskdagi ustaxona ishchisi yakson bo‘lgan avtomobil oldida. Zarba vaqtida uning hamkasblari halok bo‘lishdi.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Avtoustaxonaning 58 yoshli xodimi Ivan Sorokin zarba vaqtida halok bo‘lgan hamkasbi jasadi oldida.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi ukrain harbiylari 

Ukraina harbiylari Donetsk oblastida — aynan qayerdaligiga aniqlik kiritilmagan. Rossiyaning Donbassdagi yurishi yanvarda boshlangandi. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko 5 aprel kuni oblast hududiga berilgan zarbalar oqibatida tinch aholi vakillaridan besh kishi halok bo‘lganini xabar berdi.
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain harbiylari artilleriya qurolining qotib qolgan stvolini tushirishga harakat qilmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina qurolli kuchlari jangchilari o‘quv mashqlari vaqtida o‘t ochmoqda
Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Konstantinovkaga zarba

Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati xabar berishicha, 5 aprel kuni Rossiya qo‘shini Konstantinovka bo‘ylab zarba berishdi — bu okkupatsiya ostidagi Donetsk shahridan taxminan 80 kilometr masofada joylashgan shahar. Raketalar shahar shifoxonasiga, uysizlarni ro‘yxatga olish markaziga, xususiy va ko‘p kvartirali uylarga kelib tushgan, tinch aholi vakillaridan besh kishi yaralangan.

Konstantinovkada raketa zarbasi berilgan joyda ishlayotgan ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain harbiylari yonib ketgan o‘q-dori ombori hududida butun qolgan snaryadlarni izlamoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Tez yordam mashinasida yarador kishiga yordam ko‘rsatayotgan shifokorlar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Chasiv Yardagi hayot 

Chasiv Yarga yo‘llangan navbatdagi raketa zarbasidan hosil bo‘lgan krater — Baxmutdan 13 kilometr g‘arbdagi bu shahar Ukraina bo‘linmalari ta’minoti o‘tadigan yo‘lda joylashgan. Shu tufayli Rossiya qo‘shini shaharni muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Chasiv Yarda yonayotgan avtomobil
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid