Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo O‘zbekistonni 4 davlat bilan bog‘laydigan yirik logistika habiga aylantiriladi
Davlat rahbari Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.
Qayd etilishicha, Sirdaryo mamlakatni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydigan yirik logistika habiga aylantiriladi.
Buning uchun xitoylik investorlar bilan hamkorlikda respublika sharqiy va markaziy qismlarini hamda chet el yo‘nalishlariga bog‘laydigan yangi transport marshrutlari va multimodal logistika markazi quriladi.
Bulardan tashqari, yo‘llarni qurish, ta’mirlash va boshqarishga xususiy sektorni jalb qilish ham Sirdaryodan boshlanishi qayd etildi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi, tibbiyotni raqamlashtirish kabi islohotlar Sirdaryo viloyatidan boshlangan edi. O‘zbekistondagi ilk tibbiyot klasteri ham shu yerda barpo etilyapti. Qo‘shni Qozog‘iston va Tojikistondan har oyda 1,5 ming bemor davolanish uchun Guliston shahriga kelmoqda.
Shu bois, Guliston shahri mamlakatning “Innovatsion meditsina habi”ga aylantiriladi.
Davlat rahbari barcha tashabbuslar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
11:24 / 31.05.2026
O‘g‘itlar inqirozi, logistika va proteksionizm: oziq-ovqat narxlari nega oshib boryapti?
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026