Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda o‘qituvchilarni «Tashabbusli budjet» uchun ovoz to‘plashga majburlaganlar jazolandi
Maktablarning mansabdor shaxslari belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
«Tashabbusli budjet» uchun ayrim soha vakillarining ovoz yig‘ish ishlariga jalb qilingani holatlari Senatning Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi tomonidan o‘rganilgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi 24-sonli hamda Navbahor tumanidagi 9-sonli umumta’lim o‘rta maktablarida rahbariyat tomonidan o‘qituvchilarning xizmat vazifasiga kirmaydigan «Tashabbusli budjet» loyihasiga ovoz yig‘ishga targ‘ib qilgani va majburan jalb qilgani hamda ularning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan.
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mazkur ta’lim muassasalarining mansabdor shaxslari belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Komissiya majburiy tarzda mehnatga jalb etish bilan bog‘liq muammoga duch kelgan yoki mazkur holatdan xabardor bo‘lganlardan [email protected], 1176 hamda 1092 qisqa raqamli «ishonch telefon»lariga murojaat qilishni so‘ramoqda.
Mavzuga oid
17:51 / 12.06.2026
Xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilgan Qarshi hokimi o‘rinbosari jazolandi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026