Nomsiz muallif kimning manfaatlarini himoya qilmoqda: ipakçilik sohasinimi yoki “Özbekipaksanoat”ni?
|16:08 / 09.04.202337 66615 min
Iqtisodçi Yuliy Yusupovning “Ipak böyinturuq” maqolasidan keyin “Özbekipaksanoat” uyuşmasi bergan raddiyani ham e’lon qilgan edik. Ammo “Ipak böyinturuq” muallifi mazkur raddiyani raddiya emas, “özi bilan özi gaplaşiş” deb baholadi va uyuşma bayonotiga munosabat bildirdi.
Ipakçilik sohasi muammolariga bağişlangan maqolamdan keyin anonim muallif (raddiya kimga tegişli ekani, qaysi idoraning pozitsiyasini ifoda etayotgani ma’lum emas – tahr.) javob yozib, uni “raddiya” deb nomlagan. Nimayam derdim, bu kabi dolzarb mavzuda muhokama yuzaga kelişini faqat olqişlayman.
Maqolamning muhim nuqtalarini eslatmoqçiman:
1. Özbekistonda oxirgi yillarda pilla yetiştiriş hajmi köpaymoqda: 2017 yilda 12,5 ming tonna edi, 2022 yilda 24,3 ming tonna böldi. Şoyi eksporti (ipak ipi va matosi bilan birga) 2017-2022 yillar oraliğida 30,9 mln dollardan 92,5 mln dollargaça yetdi.
2. 2017 yildan boşlab prezident va hukumat darajasida soha boşqaruvini özgartirişga yönaltirilgan bir qator qarorlar qabul qilindi. Yangi siyosatning markazi – tayyor mahsulot işlab-çiqarişning barça jarayonlarini öz içiga oluvçi (ipak qurti tuxumini yetiştiriş va pilla yetiştirişdan tortib, qayta işlaş va eksportga yönaltirişgaça) ipakçilik klasterlarini yuzaga keltiriş. Bundan taşqari, soha korxonalarining soliq va bojxona yukini, transport xarajatlarini yengillaştirişga, kreditlaştirişni, kasanaçilar mehnatini yaxşilaşga qaratilgan imtiyoz va preferensiyalar berildi.
3. Şu bilan birga, hukumat soha ustidan ma’muriy nazoratni saqlab turibdi: tutzorlar uçun yerlarni özi taqsimlaydi, qayta işlovçi korxonalarning pilla yetiştiruvçilardan pillani sotib olişning majburiy rejalari va narxlarini belgilaydi.
Pilla yetiştiriş böyiça topşiriqlar ikki yöl bilan joylaştiriladi. Klasterlar töğridan töğri yoki “Agropilla” bölimlari orqali:
1) aksar paxta va buğdoy yetiştirişga iqtisoslaşgan fermerlar bilan aloqaga kirişadi va ular bilan töğridan töğri şartnoma tuzadi;
2022 yil davomida Özbek Forumi 51 nafar fermer bilan intervyu ötkazgan. Aksar fermerlar yer ijarasi şartnomasiga muvofiq pilla yetiştirişi kerak emas, biroq mahalliy davlat idoralari va turli kvazidavlat “jamoat taşkilotlari” ularni bunga majburlaşadi. Söralganlarning faqatgina 20 foizi ularga pilla yetiştiriş-yetiştirmaslik tanlovi berilganini aytişgan.
4. Söralgan fermerlarning 80 foizi pilla uçun joriy qilingan narxlarni adolatsiz deb hisoblaydi, 75 foizi pilla yetiştirişni özlari uçun foydasiz deb hisoblaşadi. Ammo bir qismi buni özlari uçun foydali deb biladi.
“Özbekipaksanoat” uyuşmasi rahbarining aytişi böyiça, kelajakda fermerlar pilla yetiştirişdan ozod bölişadi, ammo 2026 yilgaça fermerlar bilan şartnomalar tuziş davom etadi.
5. Kasanaçilar pilla yetiştirişga rozi, ba’zilari özlari murojaat etişadi. Sababi – oxirgi yillarda narxlar kötarildi, pullar vaqtida berilyapti. Qöşimça foyda ham olişyapti. Şu bilan birga (sörovnoma natijasiga köra) aksar kasanaçilar narxlarni adolatli emas deb hisoblaşadi. Ammo pilla uçun olişayotgan puldan taşqari foyda olişayotganini aytişdi.
6. Ipakçilik sohasida olib borilayotgan siyosat agrar sohasida davlat olib borayotgan siyosatning bir qismi bölib, fermerlarga berilgan aksar yerlarni ba’zi mahsulotlarni rejaga muvofiq yetiştiriş va belgilangan narxda sotiş majburiyati bilan kvotalaştirişga asoslangan. Bu amaliyot fermerga işlab çiqariş tarkibini yer, iqlim, suv yetiş-yetmasligi, işçilar kvalifikatsiyasi, bozor kon’yunkturasi, ortiqça xarajatlar miqdori va boşqalarni hisobga olgan holda maqbullaştiriş imkonini bermaydi.
Bundan taşqari, ma’lum mahsulotlarni majburiy yetiştiriş rejalari fermerni yerni intensiv ekspluatatsiya qilişga undaydi, almaştirib ekişga imkon bermaydi.
Bularning barçasi yer egalarining tadbirkorlik erkini çeklaydi, raqobat va narx yaratilişida bozor mexanizmlari işlab ketişiga yöl bermaydi. Bozor munosabatlari qolib, mansabdorlarning özboşimça qarorlari sahnaga çiqadi, bu esa öz-özidan samarasizlikni olib keladi, korrupsiyani urçitadi, soyadagi iqtisodiyot hajmini köpaytiradi.
7. Soha boşqaruvi samarasiz, noşaffof va manfaatlar töqnaşuviga qurilgan. Ipakçilik va jun sanoatini rivojlantiriş qömitasi va “Özipaksanoat” uyuşmasi funksiyalari bir-birini takrorlaydi. Şu bilan birga, uyuşma bir-biriga zid vazifalarni bajaradi, u biryöla:
– xöjalik yurituvçi sub’yekt,
– soha vakillari manfaatlarini namoyon etuvçi uyuşma,
– davlat regulyatori.
Oçiq-oydin manfaatlar töqnaşuvi bu. Boşqa bir manfaatlar töqnaşuvi haqida: ipakni qayta işlovçilar – nodavlat tijoriy taşkilotlar fermerlar örtasida pilla işlab çiqariş böyiça vazifalarni taqsimlaşda iştirok etişadi. Şu bilan birga, bu yerda rejali vazifalarni taqsimlaş jarayonida ma’muriy bosim qiliş imkoniyatlarini beruvçi keng arsenal işlatiladi.
8. Sohada qöllanayotgan siyosatning muhim jihatlaridan biri – noiqtisodiy majburlaş amaliyoti saqlanib qolayotgani. Gap quyidagilar haqida:
— Davlat (regulyator sifatida qömita yoki uyuşma) tomonidan sun’iy ravişda pasaytirilgan narxlar kasanaçilarning oğir mehnatlari uçun arzirli haq ola olmasligiga sabab bölyapti, fermerlarning esa – taşkiliy işlar uçun tölov qila olmasligiga.
— Fermerlar pilla yetiştirişga biron bir qonuniy asossiz majburlanadi, çunki aksarining qölidagi yer ijarasi şartnomasida bu turdagi işni bajariş kiritilmagan.
— Fermerlarga nisbatan bosim ötkaziş uçun ma’muriy riçaglar işlatilyapti. Şu sabab, foyda körmagan holatlarda ham, fermerlar pilla boqişga majbur. Aks holda boşlari uzra yerni olib qöyiş, tekşirişlar va işlariga aralaşuv bilan boğliq boşqa sanksiyalar tahdidi turadi.
— Kasanaçilar va fermerlarda pillani sotib oluvçi korxonani tanlaş imkoni yöq, bu esa ularni bitta korxonaga qaram qilmoqda, yaxşiroq iş şaroitlarini tanlaş va huquqlarini talab qiliş imkoniyatlarini çeklamoqda.
Maqolada kelgan tavsiyalar:
1. Ipakçilik sohasini isloh qiliş – majburiy davlat buyurtmasini qat’iyan bekor qilişga, paxta, buğdoy va pillaning erkin bozorlarini şakllantirişga qaratilgan yer islohotining bir qismi bölişi kerak.
Şunda ipakni qayta işlovçilar ipakni erkin bozorda erkin narxda sotib olişlari kerak böladi. Şu bilan birga, ular işlab çiqaruvçilar bilan uzoq muddatli özaro manfaatli şartnomalar tuza oladilar.
Nihoyat, pillani qayta işlovçilar tutzorlar taşkil qiliş uçun yerlarni ijaraga olişi va kasanaçilarga ikkilamçi ijaraga – pilla yetkaziş böyiça uzoq muddatli şartnomalar tuzişi mumkin böladi.
2. Ipakçilik sohasi ma’muriy islohotlarga muhtoj: davlat siyosatini yuritiş, davlat regulyatori, soha uyuşmasi va sohadagi xöjalik yurituvçi sub’yektlar – bularni bir-biridan ajratiş kerak
Raddiya muallifi nimani va qanday qilib inkor qilyapti? Keling, aniqlaştirib olaylik.
1. Raddiya muallifi soha yutuqlari, pilla işlab çiqariş va qayta işlaş hajmi köpaygani, ipak mahsulotlari eksporti ortgani haqida hikoya qilib beryapti. Ammo bu raddiya emas – soha ösgani haqida men maqolamda yozganman, ayni raqamlarni keltirganman.
Maqolamda men sohada hammasi yomon, soha stagnatsiyaga uçrayapti demaganman. Aksinça, oxirgi yillardagi yuz bergan islohotlar, ijobiy siljişlarni tilga olganman. Şu bilan birga, boşqaruvda bozorga zid uslublar saqlanib qolayotgani, ularni bozorga mos davlat boşqaruviga almaştiriş kerakligini yozganman. Yozganlarim mamlakat prezidenti tomonidan ma’qullangan Qişloq xöjaligini rivojlantiriş strategiyasiga töliq mos. Xususan, strategiyada bozor munosabatlariga ötiş, davlat buyurtmasidan voz keçiş va sohani liberalizatsiya qilişning boşqa yönalişlari közda tutilgan.
2. Men göyo “soha ziyonga işlayapti” deb yozdim-u, bunga raddiya berilyapti. Men bunday deb yozganim yöq. Şu uçun u öz-öziga raddiya bermoqda. Jumladan, u ipakni qayta işlovçi korxonalar orasida ziyonga işlaydiganlari yöq degan iddaoni oldinga suradi, göyo men maqolamda şunday deb yozganman.
Men pilla yetiştiruvçi fermerlar pillani majburlikdan yetiştirayotganini yozganman. Zotan bu haqda pillaçilar özlari gapirib beryapti. Ammo anonim muallif ularga işonmayapti. Nega? Çunki bunaqa majburlov noqonuniy. Noqonuniymi, demak bölişi mumkinmas. Ajoyib mantiq va ajoyib “raddiya”...
Ha, pilla yetiştirişdan foyda oladigan fermerlar ham bor. Men ular haqida öz maqolamda yozganman. Ammo ular afsuski kamçilikni taşkil qiladi – sörovda qatnaşganlarning 20-25 foizi.
3. Yana noma’lum muallif pilla yetiştiradigan kasanaçilarning iş haqi kam degan iddaoni tölqinlanib rad etmoqda. Ammo buni men emas, sörovda qatnaşgan kasanaçilar, fermerlar va hatto “Agropilla” xodimlari aytyapti.
Öz fikrini dastaklaş uçun anonim muallif quyidagi argumentni keltiradi: “Bir quti ipak qurtini boqayotgan kasanaçi ayol 2 mln söm işlab topadi”. Birinçidan, 2 mln söm – bir oy oğir mehnat uçun katta iş haqi emas. Ikkinçidan, muallif bir tafsilotni unutyapti – bir quti ipak qurtini yetiştiriş uçun odatda bitta odamning harakatlari yetmaydi – oila bölib, birlaşib harakat qilişadi. Şu uçun 2 mln sömni bitta odamning iş haqi deb bölmaydi. Buni munosib iş haqi deb ham bölmaydi.
Nima bölganda ham, bozor iqtisodiyoti şaroitida işçi kuçi narxini mansabdor şaxslar emas, balki talab va taklif nisbatiga qarab bozor belgilaşi kerak.
Amaldagi tizimga nisbatan e’tirozlarim – bozorga mos bölmagan narxlaş mexanizmi. Agar pilla narxi erkin bozorda belgilansa, kasanaçilar öz mehnati uçun köproq maoş olişlari, fermerlar esa öz faoliyatidan foyda olişlari mumkin. Buning nimasi notöğri? Bu yerda qaysi fikrga raddiya beriş mumkin? Heç qaysiga.
4. Anonim muallif “Özbekipaksanoat” uyuşmasi yuridik şaxslarning davlat bilan heç qanday aloqasi bölmagan, “davlat hokimiyati va boşqaruvi organlaridan mutlaqo mustaqil faoliyat yuritadigan” ixtiyoriy birlaşmasi ekanini qat’iy ta’kidlaydi. Aniqmi bu?
Unda nega uyuşma Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi “Özbekipaksanoat” uyuşmasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2856-son qarori bilan taşkil etilgan? Nega prezident qarori bilan uyuşma tarkibidagi taşkilotlar, vazifalar, uyuşma faoliyati, uning taşkiliy tuzilmasi va xodimlarning maksimal soni belgilangan? Ixtiyoriy nodavlat birlaşmalar şu tarzda tuziladimi? Sizningça, ixtiyoriy mustaqil uyuşmalarning raislari va ularning örinbosarlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadimi, maqomi böyiça vazir va vazir örinbosarlariga tenglaştiriladimi? Aminmisiz bunga? Yana bir savol: Uyuşma mulki qayerdan keladi? Bu davlatning “sovğasi” emasmi?
Nega tut plantatsiyalari uyuşmaga a’zo bölgan “nodavlat” hududiy “Agropilla” MÇJ balansidagi davlat yerlarida joylaşgan va ipakni qayta işlaş nodavlat taşkilotlariga tekin foydalaniş uçun berilgan? Nima uçun uyuşmaga a’zo bölgan taşkilotlar prezident va hukumat qarorlari bilan ma’lum soliqlardan ozod qilingan, imtiyozlar bilan siylangan? Nega ipakçilik tarmoğidagi investitsiya loyihalari röyxatlari xuddi şu qarorlar bilan tasdiqlangan?
Navbatdagi savol: nima uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentining 08.07.2021 dagi 5178-son qarorida mahalliy hududiy hokimliklarga ipakni qayta işlaş korxonalarini taşkil etiş uçun yem-xaşak bazasini yaratiş, şuningdek, röyxatlarni şakllantirişni ta’minlaş böyiça topşiriqlar hamda işsiz aholining ipakçilik klasterlariga biriktirilişi belgilangan? Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 fevraldagi 73-son qarori bilan esa fuqarolar bandligini ta’minlaş maqsadida ipakçilik sanoati korxonalari tumanlar hokimlariga topşirilgan. Şu bilan birga, pilla yetiştiriş, şuningdek, tarmoq korxonalariga doimiy amaliy yordam körsatiş ham.
Yana bir savol: pillaning xarid narxlarini nima uçun davlat belgilaydi va “nodavlat va mustaqil” uyuşmaning bunga qanday aloqasi bor?
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 iyuldagi 4411-son qarori bilan “Özbekipaksanoat” uyuşmasiga 2020 yildan boşlab tirik pillani yetiştiruvçi korxonalardan sotib oliş narxini kamida 20 foizga oşiriş çoralarini köriş vazifasi yuklatildi, 2021 yildan – kamida 10 foizga.
Yana bir misol: Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 fevraldagi 6059-son qarori bilan 2022 yilda yetiştirilgan pilla (tirik ipak qurti)ning xarid narxini 10 foizga oşirişni tasdiqlaş belgilandi.
5. Anonim muallif davlat rejalari har doim ham tut daraxtlari soni va unumdorligini hisobga olgan holda belgilanmaydi, degan gapimga qöşilmayapti. Aslida bu haqda men emas, fermerlar gapiryapti. 2022 yilgi sörovda qatnaşgan fermerlarning 1/3 qismi tut barglarini qöşimça sotib olişga majbur bölganini tan olgan.
Mana bir guvohlik: “Bu yil yomğir juda kuçli bölgani uçun öz barglarimizdan foydalana olmadik. Qöşni hududlardan barg sotib olib kelişga majbur böldim. Bu mening çöntagim uçun katta yöqotiş böldi”.
Şu bilan birga, fermerlar tut barglarini öğirlaş muammosiga duç kelişadi va daraxtlarni himoya qiliş uçun qöşimça xarajatlar qilişadi.
6. Anonim muallif biz fermerlar va kasanaçilardan eşitgan ba’zi boşqa da’volarga ham raddiya bermoqda. Misol uçun, pilla köpinça turar joylarda yetiştiriladi, keyin ularni tozalaş va ta’mirlaş kerak böladi. Anonim muallifning fikriça, bunday emas. Lekin nega pilla yetiştiriş bilan bevosita şuğullanuvçilarga emas, balki unga – “raddiya” muallifiga işonişimiz kerak?
Yoki yana bir narsa: muallif “pilla yetiştiriş böyiça şartnomalar pilla klasterlari va fermer xöjaliklari örtasida ixtiyoriy ravişda tuziladi, bunga heç qanday davlat taşkiloti yoki boşqa idoralar aralaşmaydi”, degan fikrni ilgari suradi. Demak, fermerlar yana aldayaptimi? Anonim muallif esa halollikning Yer sayyorasidagi vakili...
Xulosa qilib aytganda, “raddiya” muallifi:
— köpinça özi özini rad etibdi;
— pilla yetiştiriş bilan bevosita boğliq bölgan odamlarning sözlariga mutlaqo işonişni istamabdi;
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi