Iqtisodçi Y.Yusupov tomonidan yozilgan “Özbekistonda ipakçilik: samarasiz byurokratik boşqaruv saqlanib qolmoqda” nomli maqolasiga raddiya

Bugungi kunda pillaçilik sohasi qişloq aholisi uçun serdaromad sohalardan biriga aylanib ulgurdi. Misol uçun, bir quti ipak qurtini parvarişlagan pillakor 1 oyda 2 mln sömdan ortiq daromad topmoqda.

Pillani qayta işlovçi korxonalarning birortasi sönggi 5 yilda zarar körib işlamagan, aksinça bu korxonalarning barçasi foyda bilan işlab, rentabellik körsatkiçi 18-26 foizni taşkil etadi. Tarmoqda zarar körib işlovçi va norentabel yoki nolikvid korxonaning özi yöq.

Maqolada qayd etilganidek, ipak mahsulotlari işlab çiqariş norentabel bölganida, korxonalar bankrot bölişi va hozirda birorta korxona işlamasligi tabiiy bölardi.

2017-yildan Respublikada asosiy e’tibor sifatli pilla yetiştiriş va tayyorlaş, uni dastlabki qayta işlaş, xom ipak va ipak kalava işlab çiqariş böyiça yangi quvvatlarni taşkil etiş va mavjudlarini modernizatsiya qilişni taşkil etiş, pillaçilik tarmoğini rivojlantiriş borasida qabul qilingan dasturiy çora-tadbirlar amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izçil yuritiş, band bölmagan aholini, ayniqsa yoşlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni pillaçilik bilan şuğullanişga qiziqtiriş, ularni öqitiş va malakasini oşirişga qaratildi.

2016-yilda Respublika böyiça 19 ta pillani qayta işlaş korxonalari faoliyat yuritgan bölsa, bugungi kunga kelib korxonalar soni 75 tani taşkil qilmoqda. Ipak mahsulotlari işlab çiqariş hajmlari 150 mln sömdan 2 trln sömga yetkazildi (joriy yilda 3,1 trln söm).

Eksport hajmlari 96,2 mln dollarga yetkazildi (2017-yilga nisbatan 3,1 baravar köp). Eksport qilingan mahsulotlarning 57 foizi (54,4 mln doll) ipak matolar hissasiga töğri keladi (Bojxona qömitasining elektron eksport bazasida xam bu öz aksini topgan). Şu bilan birga, 2022-yilning özida 713,2 mlrd söm mablağ pilla yetiştiruvçilarga yetiştirilgan pilla xomaşyosi uçun pillaçilik klasterlari tomonidan berildi, joriy yilda esa 1,1 trln söm pillaçilik klasterlarining öz mablağlari hisobidan beriladi. Bu sohada amalga oşirilayotgan islohotlar natijasidir.

Bugungi kunda sohada majburiy mehnat mavjud emas. Uşbu böyiça 2023-yilning 25-yanvar kuni Özbekistonga taşrif buyurgan AQŞ Mehnat vazirligining vakillari tomonidan “Özbekipaksanoat” uyuşmasida bölib ötgan uçraşuvda ham alohida e’tirof etildi.