Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
300 ming yoshlarning xususiy markazlarda til o‘rganish xarajatiga 100 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tyapti.
Toshkent shahrida Anhor va Bo‘zsuv, Nukusdagi Do‘stlik, Urganchdagi Shovot, Farg‘onadagi Marg‘ilonsoy kanallari bo‘yida yoshlar ijod ko‘chalari tashkil etiladi. Bu yerda rassomlar, haykaltaroshlar, adiblar, sozandalar va ularning muxlislari uchun sharoit yaratiladi.
Har bir oliygohda kovorking, teatr studiyalari va raqs maydonchalari bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Oliygoh rektorlari futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha o‘z klublarini tashkil etadi. Bu klublar Talabalar sport ligalariga birlashib, doimiy turnirlar o‘tkazib boradi.
Qo‘shimcha 300 ming yoshlarning xususiy markazlarda til o‘rganish xarajatlariga 100 milliard so‘m subsidiya ajratiladi.
Yurtimizdagi 206 ta oromgoh yil davomida ishlaydigan tizimga o‘tkazilib, har yili 100 ming nafar yoshlarni qamrab oladi.
Tuman markazidan uzoqdagi mahallalarda sport, madaniyat va san’at yo‘nalishlarida to‘garak ochgan murabbiylarga zarur jihoz uchun 15 million so‘mgacha subsidiya beriladi.
Mavzuga oid
17:34 / 03.07.2026
Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
14:55 / 03.07.2026
O‘zbekiston va Gurjiston munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
11:10 / 01.07.2026
O‘zbekiston aholisining 38,5 foizi hali 20 yoshga to‘lmagan
14:02 / 30.06.2026