Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘ va xiyobonlarda «Ochiq osmon ostida kutubxona»lar tashkil qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tyapti.
Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qo‘qon kabi turistik majmualarda, shahar va tumanlardagi markaziy park va xiyobonlarda “Ochiq osmon ostida kutubxona”lar tashkil qilinadi.
Shu bilan birga, o‘z hisobidan kutubxona barpo etayotgan tashabbuskorga 1 mingtadan o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari olib beriladi. Ular davlat hisobidan kompyuter bilan jihozlanib, Milliy kutubxona bazasiga ulanadi.
1 maydan yoshlar, talabalar, maktab o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazib, ular ko‘p ovoz bergan kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Xususiy nashriyotlarga bu borada kreditlar foizini qoplab berish, garov ta’minoti bo‘yicha yengilliklar beriladi.
Mutasaddilarga har bir tumanda “daftar”ga kirgan 100 nafardan yoshlarning ichki turistik sayohatlarini tashkil qilish topshirildi.
Joriy yildan boshlab yoshlar o‘rtasida “Kasb-hunar olimpiadalari” o‘tkazilishi ta’kidlandi. Misol uchun, oshpaz, konditer, stilist, dizayner, hunarmandlar o‘rtasida olimpiada o‘tkaziladi va g‘oliblarga ustaxonalar qurib beriladi, zarur dastgohlar olib beriladi.
Mavzuga oid
17:34 / 03.07.2026
Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
14:55 / 03.07.2026
O‘zbekiston va Gurjiston munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
11:10 / 01.07.2026
O‘zbekiston aholisining 38,5 foizi hali 20 yoshga to‘lmagan
14:02 / 30.06.2026