Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ayiq otib o‘ldirilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Chiroqchi tumanidagi qishloqqa oralagan ayiqni tuman IIB boshlig‘ining ko‘rsatmasi bilan ovchilardan biri otib tashlagan edi.
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Qizil kitobga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i otib o‘ldirilgani yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) 3-qismi «j» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
2023 yil 5 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq aholi xonadonlariga kirib borgani, so‘ngra Qumdaryoga yaqin joydagi jarlikda hosil bo‘lgan g‘or ichiga kirib yashiringani haqida xabar berildi.
Keyinchalik, ayiq bezovtalanib, jarlikdan tepaga chiqishga uringanida Chiroqchi tumani IIB boshlig‘i A.B. atrofga yig‘ilgan aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida ovchi D.A.ga ayiqqa o‘q uzishga ko‘rsatma bergani, oqibatda ayiqning joni uzilgani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026