Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifoxonada qolgan yagona vrach va Baxmut mudofaasidagi jangchilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 411-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya va Ukraina navbatdagi asirlar almashinuvini o‘tkazdi. Ukrainaga 100 nafar, Rossiyaga – 106 nafar harbiy asir qaytarildi.
- Pentagon maxfiy ma’lumotlari sizdirilishi tufayli Ukraina harbiy rejalarining bir qismini o‘zgartirgan, deb xabar bermoqda CNN Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga yaqin bo‘lgan manbasiga tayanib. AQSh adliya vazirligi ushbu sizib chiqish fakti bo‘yicha jinoiy tergov boshladi.
- Keng ko‘lamli bosqindan keyin Rossiyaga deportatsiya qilingan bolalarning 24 nafari Xersonga qaytarildi. Ukraina tomoni buni «eng murakkab qutqaruv missiyalaridan biri» deb atadi: oblast ma’muriyati rahbari Oleksandr Prokudinning so‘zlariga ko‘ra, «rossiyaliklar bolalarning ota-onalarini 13 soat davomida so‘roq qilishgan, keyin ularni propaganda reportajida qatnashishga majburlagan».
- «DXR» rahbari Pushilin Baxmutga kelgani haqida xabar berdi. Mart oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham ukrainalik harbiylarning Baxmut yo‘nalishidagi pozitsiyasiga tashrif buyurgandi. U harbiylar bilan uchrashib, ularga mukofotlar topshirgandi. Zelenskiy o‘tgan yilning 20 dekabrida, urushning 300-kuni kuni ham Baxmutda bo‘lgandi.
- Rossiyada «urushga qarshi» o‘t qo‘yish bo‘yicha (undan hech kim jabrlanmagan) eng qat’iy hukm chiqarildi. Terakt sodir etishda ayblangan o‘t o‘chiruvchi Aleksey Nuriyev va sobiq rosgvardiyachi Roman Nasriyevga 19 yildan berildi — ular Chelyabinsk oblastining Bakal shahri ma’muriyati binosiga o‘t qo‘yishgandi, bu yerda harbiy ro‘yxatga olish stoli joylashgan. Ular dastlabki to‘rt yilni qamoqxonada o‘tkazishadi, keyin — qat’iy rejimli koloniyaga o‘tkaziladi.
Ukraina qurolli kuchlarining Baxmutdagi ilg‘or pozitsiyasi
RF qo‘shini Donetsk oblastidagi Baxmut shahrini egallash uchun 2022 yil yozidan buyon urinmoqda. 9 aprel kuni Ukraina QK Sharqiy qo‘shinlar guruhi spikeri Sergey Cherevatiy Rossiya qo‘mondonligi asosan «Vagner» yollanma kuchlari jang qilib kelgan bu yo‘nalishga muntazam qismlarni yubora boshlagani haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylarning tashlanishi — majburiy chora hisoblanadi, chunki «Vagner» XHK katta yo‘qotishlarga uchragan — «agar faqat o‘lganlar hisoblansa», kuniga o‘rtacha yuz kishi.
XHK rahbari Yevgeniy Prigojin ham, Rossiya mudofaa vazirligi ham bu ma’lumotga izoh bermadi. Ukraina QK bosh shtabi ham so‘nggi svodkasida Baxmut bo‘yicha aniq raqamlar keltirmagan, ammo shahar uchun janglar davom ettirilayotgani ma’lum qilingan. Quyida Baxmut mudofaasi aks etgan suratlar.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Baxmutning frontorti hududidagi ukrain askarlari
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Kramatorskdagi bolalar hospitali
Kramatorsk okkupatsiya ostidagi Donetsk shahridan taxminan 80 kilometr shimolda joylashgan. Shahar atrofida 2014 yildan buyon harbiy harakatlar olib borilmoqda. Keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan keyin Rossiya qo‘shini Kramatorskka muntazam ravishda zarba berib keladi — 10 aprel kuni raketa mahalliy qabristonga kelib tushgandi, jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Doimiy otishmalarga qaramay, Kramatorskda bolalar hospitali ishlashda davom etmoqda. Urushga qadar bu yerda 150 nafarga yaqin bola to‘qqiz shifokor nazorati ostida statsionar davolanishi mumkin bo‘lgan — hozir esa shifoxonada 26 nafar patsiyent va faqatgina bir shifokor, yuqumli kasalliklar mutaxassisi Dmitro Yakovenko qolgan.
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkiv oblasti hududida halok bo‘lgan rossiyalik askar jasadi
Sergiy Kozlov / AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
19:49 / 16.06.2026
Ukraina dronlari yana Moskvaga hujum qildi
10:45 / 16.06.2026