Tramp öz çiqişida dunyoni uçinçi jahon uruşidan ogohlantirdi va bu Bayden administratsiyasi vaqtida sodir bölişi mumkinligini aytdi. Sobiq prezident öziga qöyilgan ayblovni tan olmayapti va 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida iştirok etiş fikridan qaytgani yöq. Xöş, Tramp prezidentlik saylovlarida iştirok eta oladimi?

Ayni vaqtda Tramp atrofida nimalar bölmoqda?

AQŞ tarixida ilk marta mamlakatning amaldagi yoki sobiq prezidentiga qarşi jinoiy iş oçildi. Tramp unga qarşi ayblov öqib eşittirilişi uçun özi yaşaydigan Florida ştatidan Nyu-Yorkka çaqirtirildi. U öz samolyotida va öz qöriqçilari hamrohligida sud binosiga bordi. Manhetten prokuraturasi Trampni faqat rasmiyatçilik uçun hibsga olgan böldi. Keyin Trampdan barmoq izlari olindi, lekin jinoiy iş hujjatlari uçun har tomonidan suratga tuşirilmadi. Sobiq prezident unga nisbatan ayblov öqib eşittirilgaç, sud zalini tark etdi. Undan tovon puli ham talab qilinmadi.

Donald Tramp sud majlisi oldidan
Angus Mordant / Bloomberg / Getty Images

Sobiq prezidentga qarşi bu ayblov doirasida bunday protsedura ötkazilişi kutilgandi. Çunki Katta jyuri deb ataladigan sudyalar guruhi Trampga qarşi ayblovni asosli deb topgandi. Ammo baribir ayblovdan nimalar örin olişi, Tramp unga qanday munosabat bildirişi qiziq edi.

Tramp özini hisbga olişlari haqida bu iş rasmiylaştirilişidan bir neça kun avval aytib bölgandi. Şundan keyin AQŞ naşrlarida Tramp sudga çaqirtirilişi jarayonini prezidentlik saylovlaridagi asosiy tarğibot kampaniyasiga aylantirmoqçi ekani haqida yoza boşlaşdi.

Ma’lum bölişiça, Trampga sudyalar bilan videoaloqa orqali muloqot qiliş taklif etilgan, ammo 45-prezident sudda şaxsan iştirok etişini aytgan. Trampning advokatlariga yaqin manbaga köra, u suddan oldin özini göyoki Iso masihga qiyoslagan va şunday degan: «Siz bunga majbur bölmasligingiz uçun tört tomondan yoğilayotgan bu dardni özim qabul qilişga tayyorman. Agar ular bu işni men bilan qila olişsa, demak qolgan hammagaça yetib borişadi».

Sud kuni Tramp yaxşigina hayajonlandi. Nyu-York köçalarida Trampning yuzlab tarafdorlari va ulardan kam bölmagan tanqidçilari çiqişdi. Tramp suddan çiqqaç, jurnalistlar bilan suhbatlaşmadi va maşinasiga ötirib aeroportga yöl oldi. Sud unga işni ommaviy izohlaşni taqiqlamadi, lekin «keskin bayonotlardan tiyiliş»ni söradi.