AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkdagi Manhetten jinoiy sudida pornoaktrisa Stormi Deniyelsga haq tölaşda moliyaviy firibgarlikka yöl qöygani haqidagi barça ayblovlarni rad etib, demokratlar partiyasi bu orqali uning prezidentlik saylovlarida iştirok etişiga xalaqit bermoqçi bölayotganini aytdi.

Unga nisbatan 34 ta band böyiça ayblov e’lon qilingan. Tramp hisobot hujjatlariga aynan şunça miqdorda notöğri ma’lumot kiritgan.

Sudga kelgan Tramp hukumatga taslim böldi va rasmiy ayblov e’lon qilinmasdan oldinroq hibsga olindi.

Bu şunga öxşaş holatlardagi odatiy tartib — hibsga oliş paytida ayblanuvçining qöllariga odatda kişan taqişadi (va uning huquqlarni aytib berişadi), lekin bu safar sobiq prezident uçun istisno qilindi. Şuningdek, Tramp jinoyat işi uçun barmoq izlari topşirib, suratga tuşgan ham bölişi mumkin, biroq uning advokatlari bu rasmiyatçiliklarga amalda qilingani haqidagi savollarga javob berişdan boş tortdi.

Sudga kelganidan yarim soat ötgaç, Tramp eşituvlar bölib ötayotgan 15-qavatdagi sud zaliga kötarildi. Oradan taxminan bir soat ötgaç, u jurnalistlarga bir oğiz ham söz aytmay, sud binosini tark etdi va Floridadagi mulkiga yöl oldi.

Tramp sudda toş qiyofa bilan jim ötirgan, ammo Floridaga qaytib kelgaç, hissiyotlariga erk bergan.

U öz tarafdorlari oldida 25 daqiqalik nutq sözlab, özining mutlaqo begunoh ekani va «Amerikani yöq qilişga intilayotgan» demokratlar öyini qurboni bölganini aytdi.

«Men qilgan yagona jinoyat — bu mamlakatimizni uni yöq qilmoqçi bölganlardan mardonavor himoya qilganimdir», degan Tramp Mara-Lagoda töplangan tarafdorlariga.

Trampning aytişiça, uning jinoiy işi soxtalaştirilgan va bu Demokratik partiyaning kelasi yilgi prezidentlik saylovlariga ta’sir körsatiş rejasining bir qismi. Uning qöşimça qilişiça, Amerika «jahannam tomon ketyapti».

«Mening işimni körayotgan sudya Trampni yomon köruvçilar oilasidan bölgan, Trampni yoqtirmaydigan sudya», degan sobiq prezident va barça şarhlovçilar va yuristlar unga qöyilgan ayblovlar asossizligiga amin ekanini ta’kidlagan. Biroq şarhlovçilar va huquqşunoslar sobiq prezidentning bu fikriga qöşilmaydi.

Tramp AQŞ tarixida jinoiy javobgarlikka tortilgan birinçi sobiq prezidentga aylandi.

Trampning tergovi işi behayo filmlarda suratga tuşgan aktrisa Stormi Deniyelsga jim yurişi uçun tölangan pul bilan boğliq.