Jahon | 10:10 / 11.04.2023
11877
2 daqiqa o‘qiladi

WP: Misr Rossiyaga yashirincha o‘n minglab raketalarni yetkazib berishga uringan

AQSh bilan harbiy hamkorlikka qaramay, Misr yashirincha Rossiyaga 40 mingta raketa ishlab chiqarishga va yetkazib berishga harakat qilgan. Bu haqda «sizib chiqqan» Pentagon maxfiy hujjatlarida aytilgan.

Foto: Reuters

Misr rus armiyasi ehtiyojlari uchun o‘n minglab raketalarni ishlab chiqarishi lozim bo‘lgan, ularni ishlab chiqarish va tashish G‘arb davlatlaridan sir saqlanishi kerak edi. Bu haqda Amerikaning The Washington Post (WP) gazetasi 10 aprel, dushanba kuni internetda paydo bo‘lishi hozirda Pentagon va AQSh Adliya vazirligi tomonidan tekshirilayotgan AQShning maxfiy hujjatlardan biriga tayanib yozmoqda.

17 fevraldagi hujjatga ko‘ra, Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi yuqori martabali harbiy amaldorlarga Rossiyaga yetkazib berish uchun 40 mingtagacha raketa ishlab chiqarishni buyurgan. Bundan tashqari, davlat rahbari «G‘arb bilan muammolarga yo‘l qo‘ymaslik» uchun snaryadlarni ishlab chiqarish va tashish haqidagi ma’lumotlarni sir saqlashni talab qildi, deb ta’kidlaydi WP.

Misr Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili nashr so‘roviga javoban Qohiraning Ukrainadagi urush boshlanganidan beri tutgan pozitsiyasi «ushbu inqirozga aralashmaslik» ekanini ta’kidladi. Misr BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalarida BMT Nizomi va xalqaro huquqni qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Afrika davlati Tashqi ishlar vazirligi vakili.

Mavzuga oid