Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yoshlar daftari»ga kirgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimi joriy qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tyapti.
2021 yilda 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ishga olgan korxonalarga to‘langan ijtimoiy soliqni qaytarib berish amaliyoti joriy qilingan edi. Bundan 9 mingdan ziyod korxona foydalandi, ularga 150 milliard so‘mlik ijtimoiy soliq qaytarildi, 100 ming yoshlar bandligi ta’minlandi. Ushbu tajribani yana 2 yilga uzaytirishga qaror qilindi.
1 iyundan boshlab “Yoshlar daftari”ga kirgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimini joriy qilish topshirildi.
Yoshlar o‘rtasida IT, reklama, kino, arxitektura, dizayn, marketing, hunarmandchilik, rassomchilik kabi yo‘nalishlarga qiziqish ortib borayotganini hisobga olib, viloyat hokimlariga yil yakunigacha bittadan “Kreativ park” tashkil etish topshirildi. Ularda IT park rezidentlariga berilgan imtiyoz va yengilliklar qo‘llanadi.
Bu maqsadlar uchun “Yangi O‘zbekiston yoshlari tashabbuslari” jamg‘armasi va elektron platformasi tashkil qilinadi. Jamg‘armaga 100 million dollar yo‘naltiriladi. Bu mablag‘lar iqtidorli yoshlarning eng yaxshi g‘oya, startap va loyihalariga qulay va yengil shartlarda, zarur bo‘lsa, foizsiz va garovsiz ajratiladi.
Mavzuga oid
17:34 / 03.07.2026
Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
14:55 / 03.07.2026
O‘zbekiston va Gurjiston munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
11:10 / 01.07.2026
O‘zbekiston aholisining 38,5 foizi hali 20 yoshga to‘lmagan
14:02 / 30.06.2026