Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi
Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Tsin Gan O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlarining to‘rtinchi konferensiyasida ishtirok etadi.
Xinhua xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov taklifiga binoan, Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Tsin Gan 12-13 aprel kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi va Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining to‘rtinchi konferensiyasida ishtirok etadi.
13 aprel kuni Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tishi haqida avvalroq xabar berilgan edi. O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni muhokama qiladilar.
Bundan tashqari, 14 aprel kuni O‘zbekiston, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari ishtirokida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Kun tartibida o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashish, qo‘shma dasturlar ijrosini muhokama qilish, shuningdek, MDH a’zo davlatlari rahbarlari kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan hujjatlar loyihalari muhokamasi rejalashtirilgan.
Shu kuni Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlarining oltinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026