O‘zbekiston | 18:18 / 13.04.2023
6110
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalasini muhokama qildi

Foto: TIV axborot xizmati

Bugun Samarqandda O‘zbekiston va Rossiya tashqi siyosat idoralari  rahbarlari Baxtiyor Saidov va Sergey Lavrov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

«Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Janobi Oliylari kabi tajribali diplomat bilan tanishganimdan g‘oyat mamnunman, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Twitter’dagi sahifasida. – Biz samarali uchrashuv o‘tkazdik. Kun tartibimiz barcha sohalarni qamrab oldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo  aloqalari tovar aylanmasining 64 foizini tashkil qilgan qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar bilan eng yuqori sur’atlarni ko‘rsatmoqda. O‘zbekistondagi sarmoyadorlar ro‘yxatida Rossiya 28 milliard dollarlik loyihalar portfeli bilan yetakchilik qilmoqda».

Rossiya TIV rahbari Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlarining to‘rtinchi uchrashuvida, shuningdek, 14 aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida hamda Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlarining oltinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid