Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada RF budjetiga soliq to‘lagan rossiyaliklarning bank hisobi yopiladi
Rossiyaliklar agar Rossiya budjetiga soliq to‘lasa, Shveytsariyadagi hisoblari yopilishi haqida ogohlantirila boshlandi. Ekspertlarning fikricha, banklar Shveytsariya hukumati bosimi ostida shunday yo‘l tutmoqda.
Shveytsariya banklari rossiyalik mijozlarni Rossiya budjetiga soliq to‘lasalar, hisoblarini yopishlari haqida ogohlantirishni boshladi, deb xabar berdi RBK 13 aprel, payshanba kuni rossiyalik mijozlar bilan ishlayotgan ikki shveysariyalik advokat va mamlakat bank sektoridagi manbaga tayanib.
Shveytsariyaning LEOLEX yuridik idorasi boshqaruvchi hamkori Roman Kudinovning so‘zlariga ko‘ra, taxminan bir oy oldin ularga UBS va Credit Suisse’ning o‘nga yaqin mijozi murojaat qilgan. Bank xodimlari ularga «norasmiy» qo‘ng‘iroq qilgan va agar ular Rossiyada joylashgan kompaniyalar egalari bo‘lishdan hamda u yerda soliq to‘lashdan to‘xtamasalar, «bank ularning hisoblarini yopadi», deya ogohlantirish bergan.
«Ammo bundan keyin hali rasmiy harakatlar amalga oshirilmadi. Banklarning harakatlari ommaviy emas, balki tanlab olingan holda amalga oshirilmoqda», - dedi Kudinov. Uning so‘zlariga ko‘ra, banklar qarorni bunday mijozlarning «davlatga soliq to‘lashi Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirishi» bilan izohlagan.
Boshqa bir shveysariyalik advokatning aytishicha, mijozlari allaqachon Rossiya budjetiga soliq to‘langani sababli hisoblari bloklanishiga duch kelgan. Shveytsariya bank sektoridagi RBK manbasi aytishicha, UBS o‘z mijozlariga shunday ogohlantirish bilan xat yuborishi mumkin.
Kudinovning ta’kidlashicha, banklar Shveytsariya hukumati, mahalliy partiyalar va Rossiyaga qarshi sanksiyalar amalga oshirilishi ustidan nazoratni kuchaytirish haqida yana gapira boshlagan Shveytsariya Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati bosimi tufayli bunday harakatlarga majbur bo‘lmoqda.
Credit Suisse RBK’ga ushbu ma’lumotni izohlashdan bosh tortgan, boshqa banklar nashr so‘roviga javob bermagan.
Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
15:40 / 24.06.2026
Soliq qo‘mitasi bank sirlariga keng miqyosda kirish imkoniyatini olmoqchi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026