Özbekiston Soliq qömitasi “Banklar tomonidan yuridik va jismoniy şaxslarning hisobvaraqlari yoki omonatlariga (depozitlariga) oid axborotlarni soliq organiga taqdim etiş tartibi töğrisida”gi Nizom loyihasini (hukumat qarori şaklida) jamoatçilik muhokamasiga qöydi.

Loyihada “Bank-soliq” nomli avtomatlaştirilgan axborot almaşiş modulini işlab çiqiş va joriy etiş masalasi ilgari surilgan.

Banklarga bu modul orqali mijozlarning muayyan moliyaviy operatsiyalari töğrisidagi ma’lumotlarni soliq organiga taqdim etib boriş majburiyatini yuklaş taklif etilmoqda.

Loyihaga köra, jismoniy şaxsning bank kartasiga boşqa jismoniy şaxslarning bank kartalari yoki elektron hamyonlaridan (bundan yaqin qarindoşlar mustasno) kalendar oy davomida bazaviy hisoblaş miqdorining 500 baravariga teng (206 mln söm) yoki undan oşadigan umumiy summada mablağlar kelib tuşganda, banklar tegişli ma’lumotlarni 1 iş kuni içida soliq organiga taqdim etadi. Bunda jismoniy şaxsning öziga tegişli kartalar örtasidagi ötkazmalar hisobga olinmaydi.

Bundan taşqari, banklar yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvaraqlariga naqd pul mablağlari va tölov terminallari orqali tuşumlar töğrisidagi ma’lumotlarni ham tegişli hodisa röy bergan kundan e’tiboran 1 iş kuni içida soliq organiga taqdim etişi nazarda tutilyapti. Bu yerda gap istalgan summa yoki sondagi tuşumlar haqida ketayotgan bölişi mumkin – loyihada biror çegaraviy miqdor körsatilmagan.

Qolaversa, yuridik şaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslar tomonidan amalga oşiriladigan yirik miqdordagi operatsiyalar töğrisidagi ma’lumotlar ham tegişli hodisa röy bergan oyning 10-, 20- va oxirgi kuni sanasida soliq organiga taqdim etilişi közda tutilgan. Bunda:

  • yuridik şaxslarning operatsion kun davomida BHMning 1000 baravari (412 mln söm)dan oşgan miqdordagi operatsiyalari;