ACTIVIST loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov 8 aprel kuni sud tomonidan 15 sutkaga qamalgandi. Ayblovga blogerning yogurtlar haqidagi videolari asos bölgani aytilgan.
Uşbu voqea jamoatçilik örtasida muhokamalarga sabab bölişi ortidan sud qarori ustidan apellyatsiya şikoyati yoki protest beriş mumkinligi ma’lum qilingandi. Ayblovga Din işlari böyiça qömitaning ekspertlik xulosasi va boşqa dalillar asos bölgani keltirilgan.
Qayd etilişiça, mazkur iş böyiça 14 aprel kuni Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasiga Hojiakbar Nosirovning advokati tomonidan apellyatsiya şikoyati kelib tuşgan. Sud majlisi 14 aprel soat 15:00 ga tayinlangan.
“Huquqbuzar H.N. tomonidan advokatning şikoyatini körmasdan qoldiriş haqidagi ariza keltirilganligi sababli, MJtKning 324-4 va 324-8-moddalariga asosan, apellyatsiya şikoyatini körmasdan qoldirib, apellyatsiya tartibida iş yuritişni tugatiş haqida qaror çiqarildi”, deyiladi Toşkent şahar sudlari matbuot xizmatining xabarida.
ACTIVIST’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga 5 aprel kuni joylangan videoda bir qança işlab çiqaruvçilarga tegişli yogurt mahsulotlarining harom ekani ta’kidlanadi.
Özbekiston musulmonlar idorasi Fatvo markazi bloger harom deb aytgan karmin moddasi böyiça izoh berdi. Ta’kidlanişiça, uşbu modda qizil rangli böyoq bölib, Ye120 raqami ostida oziq-ovqat qöşimçalari sifatida foydalaniladi. Karmin moddasi yarim qattiq qanotlilar guruhiga mansub bölgan koşenil haşarotidan olinadi.
“Tört mazhab ulamolarining nazdida çigirtkadan boşqa haşarotlarni iste’mol qiliş qat’iy man qilingan. Lekin haşarotlardan olinadigan moddalar, şu jumladan karmin Ye120 moddasi ham muayyan kimyoviy jarayon va usullardan ötişi bilan holati özgarişi soha mutaxassislari va ulamolarimiz tomonidan aytilgan.

















