Katta va kiçik dökonlarda sayyor “reyd”lar ötkazib, mahsulotlar muddati va sifati haqida ma’lumot beradigan “Activist” loyihasi tugatilgani e’lon qilindi. Bu haqda Ramazon hayiti kuni, 10 aprel sanasida muallif Hojiakbar Nosirov loyihaning You tube’dagi sahifasiga joylangan videomurojaatda ma’lum qildi.
Uning aytişiça, hozirça tugatiliş sabablariga töxtalib ötilmaydi, keyinroq Nosirov iştirokidagi intervyularda bu haqda söz yuritilişi kutilmoqda.
“Guvohi bölganingizdek, juda ham köp tuhmat va bosimlarga uçraşimga töğri keldi. Hattoki, oilam bilan bölgan tahdidlarga qaramasdan bu yölda davom etdim. Çunki sizlarning qöllab-quvvatlaşingiz va öz maqsadimga erişmagunça bölgan motivatsiya judayam kuçli dalda berardi.
Endi-çi? Endi nima özgardi degan savolga javobim: Özbekistondagi barça katta supermarketlar va ulardan taşqari judayam köp kiçkina marketlardagi katta özgarişlar sababçisi böldik. Hozir har qanday dökonga kirgan va bizni kuzatgan inson sotib olayotgan narsasiga bitta nazar taşlaşni boşladi. Va bu bizning eng katta yutuğimiz deb bemalol aytiş mumkin”, – deydi u.
Hojiakbar Nosirovning qöşimça qilişiça, kelgusida “Activist”ning örniga 6 xil körinişdagi yangi loyihalar işga tuşirilişi reja qilingan.
“[Bu] loyiham eski loyihamga qaraganda insonlarga yuz baravar köproq foyda berişiga işonaman va unga erişiş uçun eski loyihadan töliq voz keçişni töğri deb hisobladim. 2 yillik faoliyatim davomida kimdirning köngliga bilib-bilmay ozor berib qöygan bölsam, çin dildan uzr sörayman”, – deya yakunlaydi u öz sözini.
Eslatib ötamiz, 2023 yil aprel oyida loyiha muallifi Hojiakbar Nosirov öz videolaridan birida bir qator brendlarning yogurt mahsulotlari tarkibida karmin moddasi borligi uçun ularni iste’mol qilmaslik kerak deyişi ortidan “diniy adovat qözğatuvçi material” tarqatişda ayblanib, unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.
15 sutkalik qamoqni ötayotgan vaqtida Nosirovning vafot etganiga oid miş-mişlar ham tarqalgandi. May oyida Boş prokuratura matbuot xizmati unga nisbatan jinoyat işi oçilgani va u vafot etgani haqidagi miş-mişlarni rad etgandi









