Toşkent şahar sudlari axborot xizmatining ma’lum qilişiça, Şayxontohur tumani IIO FMB TQKB xodimlari tomonidan Toşkent şahrida diniy muhitni soğlomlaştiriş borasida olib borilayotgan ijtimoiy tarmoqlarda monitoring tadbirlari davomida Hojiakbar Nosirov Telegram messenjeridagi ACTIVIST kanali orqali har xil turdagi diniy mazmundagi videolarni, ya’ni Din işlari böyiça qömitaning 2023 yil 7 apreldagi 18-660-sonli xulosasiga asosan aholi orasida turli ixtilof va tuşunmovçiliklar keltirib çiqarişi mumkin bölgan ğoyalarni tarqatganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy iş rasmiylaştirilib, sudga oşirilgan. 8 aprel kuni jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudida 1997 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan Hojiakbar Nosirovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 184-3-moddasi (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni tarğib qiluvçi materiallarni tayyorlaş, saqlaş yoki tarqatiş) va 194-moddasi (Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi böyiça yuritilgan ma’muriy iş körib çiqilgan.

“Iş hujjatlariga köra, Hojiakbar Nosirov IIO xodimlarining hujjatlarini tekşiriş uçun taqdim etiş, tuşuntiriş beriş va iş hujjatlari bilan tanişib çiqiş kabi qonuniy talablariga böysunmagan.

Sud majlisida huquqbuzar tariqasida söroq qiliş uçun Hojiakbar Nosirovga söz berilganida huquqbuzar va uning himoyaçisi holat yuzasidan körsatma berişdan boş tortdi”, deyiladi rasmiy axborotda.

Ta’kidlanişiça, Hojiakbar Nosirov körsatma berişdan boş tortgan bölsa-da, uning yuqoridagi huquqbuzarliklarni sodir etganligi iş hujjatlaridagi IIO FMB xodimining bildirgisi, dalolatnoma, közdan keçiriş va elektron materiallarni oliş bayonnomasi, Telegram messenjeridagi ACTIVIST kanalidan olingan fotolavhalar, DVD-R diskidagi videolavhalar, aşyoviy dalillarni oliş bayonnomasi hamda Din işlari böyiça qömitaning ekspertlik xulosasi va boşqa dalillar bilan öz tasdiğini topgan.

“Sudning qarori bilan X.N. MJtKning 184-3-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga MJtKning 34-moddasi tartibida 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Uşbu qaror ustidan qonunçilikda belgilangan tartib va muddatlarda Toşkent şahar sudiga apellyatsiya şikoyati yoki protest berilişi mumkin”, deyiladi rasmiy bayonotda.