Kreml Yevropa gazsiz «muzlab qolişi»ni aytgandi, ammo bunday bölmadi. Biroq keyingi qişdan xavotirlaniş mumkinmi?
|21:41 / 14.04.202326 50113 min
Rossiya Ukrainaga bostirib kirişiga javoban Yevropa davlatlari Moskvaga qarşi qator sanksiyalar kiritdi. Kreml esa, öz navbatida Yevropa mamlakatlariga gaz yetkazib bermaslik bilan tahdid qildi va yevropaliklar Rossiya gazisiz muzlab qolişini aytdi. Lekin bu şantaj bu yilgi qişda amalga oşmadi. Yevropa kelgusi sovuq mavsumga ham çidab bera oladimi?
Foto: Sina Schuldt / dpa / Scanpix / LETAFoto: Sina Schuldt / dpa / Scanpix / LETA
Nima bölgandi?
2022 yil kuzida, Yevropada isitiş mavsumi boşlanişidan oldin, Rossiya hukumati rasmiylari bir neça marta Yevropa Ittifoqining Rossiyaga «döst bölmagan» deb e’lon qilgan mamlakatlari kelayotgan qişda rus uglevodorodlarisiz muzlaşini başorat qilgandi. Vladimir Putin Rossiyaga qarşi sanksiyalar kiritilgandan keyin Yevropa Ittifoqini «yana bir marta öylab köriş»ga çaqirdi — aks holda mintaqaga «gaz ham, neft ham, kömir va mazut ham» yubormaslikka va’da berdi. U özining tahdidli nutqini köpçilik biluvçi ertakdan keltirilgan iqtibos bilan yakunladi: «Muzla, muzla, börining dumi».
«Gazprom» kompaniyasi boşqaruvi raisi Aleksey Miller ham Rossiya Federatsiyasidan gaz eksportini töxtatiş Yevropadagi «butun şaharlar va yerlarni muzlatişi» mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Uşbu bayonotlar fonida Rossiya tomoni avvaliga özi öylab topgan bahonalar bilan Yevropa Ittifoqiga gaz yetkazib beriş hajmini çeklab qöydi. Sentyabr oyi oxirida, «Şimoliy oqim» quvurlaridagi diversiyadan söng, Moskva va Yevropa mamlakatlari örtasidagi gaz sohasidagi uzoq muddatli hamkorlik töxtadi va texnik jihatdan falajlandi.
Şunga qaramay, Yevropa Ittifoqi Rossiya gazisiz ötgan birinçi qişdan elektr va issiqlik ta’minoti uzilişlarisiz çiqdi. Xomaşyo saqlanuvçi yer osti omborlari hamon ança töla (55,7 foiz) va mintaqaning eng yirik iqtisodiyoti bölmiş Germaniya endi retsessiya xavfi ostida emas.
«Putinning rejasi barbod böldi, bizda gaz va neft yetarliça», dedi Germaniya kansleri Olaf Şols Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişining bir yilligi munosabati bilan sözlagan nutqida.
Yevropa Ittifoqi nima uçun «muzlamadi»?
Bunga köplab omillar sabab böldi, ularning har birining hissasi ekspertlar tomonidan turliça baholanmoqda. Mutaxassislar fikriga köra, Yevropaning ob-havo borasida ham omadi keldi. «Issiq qiş (birlaşgan Yevropadagi meteorologik kuzatuvlar tarixida bu qişdagidan ham harorat yuqoriroq qiş faqat bir marta kuzatilgan), şubhasiz, katta rol öynadi», deya xulosa qilgan Xalqaro energetika agentligi (IEA). Bu qişda Yevropani isitiş uçun kamroq gaz kerak böldi.
Yevropa Ittifoqining tezkor siyosiy qarorlari ham favqulodda uzilişlar va tanqisliklar oldini olişga yordam berdi.
Xususan:
— gaz iste’molini umumiy 15 foizga qisqartiriş (Yevropa Ittifoqi davlatlari bu majburiyatni ixtiyoriy ravişda öz zimmasiga oldi);
Mavzuga oid
— «yaşil energiyaga ötiş»ni tezlaştiriş;
— Yevropa Ittifoqi nomidan sotib olingan gazni mamlakatlar örtasida ularning ehtiyojlariga muvofiq qayta taqsimlaş uçun yagona gaz sotib oluvçini yaratiş;
— gaz narxining eng yuqori çegarasini belgilaş (ya’ni xomaşyoning çegaraviy qiymati, Yevropa Ittifoqi undan yuqori narxga birjada xomaşyo yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzmaydi; kelişilgan maksimal narx har ming kub metr uçun taxminan ikki ming dollarni taşkil etdi).
«Uşbu çora-tadbirlarning barçasi mintaqa uçun ‘hayotiy muhimʼ ahamiyatga ega edi», deydi IEA.
Şuningdek, şamol va quyoş energiyasini işlab çiqarişda intensiv quvvatni oşiriş böyiça ham qarorlar qabul qilindi.
Bozor mexanizmlari ham Yevropa foydasiga işladi. «Köpçilik Yevropa Ittifoqining energiya siyosatidan mamnun bölmoqda, lekin bozor (birinçi navbatda) unga yuqoridagi maqsadlar qöyilgani uçun emas, narxlar juda yuqori bölgani uçun iste’molni kamaytirdi», deydi S&P Global firmasining energetika böyiça eksperti Loren Rusekas.
Ya’ni metallurgiya va öğit işlab çiqariş sanoati kabi köp gaz talab qiluvçi sohalarda gaz xomaşyosini sotib olişni jiddiy qisqartirişdan boşqa iloj qolmadi. Yevropa sanoati umumiy gaz iste’molini 25 foizga qisqartirdi. Töğri, gazni köp talab qiluvçi tarmoqlarning işlab çiqariş hajmi ham 8 foizga kamaydi.
Uşbu omillarning barçasi tufayli YeI davlatlari 2022 yilda gaz iste’molini 13 foizga yoki 55 milliard kub metrga qisqartirdi, bu 40 milliondan ortiq xonadonni gaz bilan ta’minlaşga teng miqdordir. Bu tarixdagi eng keskin pasayiş böldi. Qançalik ğalati bölişiga qaramay Şimoliy va Şimoliy-Ğarbiy Yevropa mamlakatlari gazni eng köp tejadi — aynan şu mintaqada qiş, ayniqsa, issiq keldi.
Heç qanday uzilişlar bölmadimi?
Uzilişlar bölmadi lekin, albatta, mahalliy inqirozlar kuzatildi. Köpgina taşkilotlar gaz va elektr energiyasining barqaror bölmagan narxlari tufayli xarajatlar va xodimlarni qisqartirdi. Umuman olganda, Rossiyadan gaz mustaqilligini qölga kiritiş Yevropa Ittifoqiga deyarli bir trillion yevroga tuşdi.
Yevroittifoqdan taşqarida, Buyuk Britaniyada esa energiya inqirozi ba’zi mahsulotlar toifalarida tanqislikka olib keldi. Masalan, salat bargi va boşqa sabzavotlar issiqxona elektr energiyasi uçun tölovlar oşişiga doş bera olmadi.
Yevropa ittifoqi Rossiya gazini nimaga almaştirdi?
Quvurlar orqali yetkaziladigan gaz örnini, birinçi bölib, dengiz orqali yetkazib beriladigan suyultirilgan gaz (LNG) egalladi. LNĞning Yevropaga yetkazib beriliş hajmi 2022 yil avgustidan 2023 yil yanvarigaça 70 foizga oşib, 155 milliard kub metrga yetdi.
Bunday xomaşyoning Yevropa Ittifoqiga eng yirik eksportçilari AQŞ, Qatar, Nigeriya va boşqa davlatlar, şu jumladan, paradoksal ravişda Rossiyadir. Yil oxirida hatto Yevropa Ittifoqiga yuk tuşirişni istagan gaz tankerlarining uzun navbati ham paydo böldi. Ularning barçasi yukni boşqa mintaqalarda çegirma bilan sotişdan köra, Yevropada asl narxiga sotişni kutişga qaror qildi.
Yevropaning LNG borasida ham omadi keldi: 2022 yildagi uzoq muddatli kovid karantini tufayli Xitoyda uşbu turdagi xomaşyoga talab kamaydi. 2022 yili Xitoyda gaz iste’moli 40 yil içida birinçi marta 1 foizga pasaydi.
LNĞga qöşimça ravişda, Yevropa Ittifoqi kömirdan ham faol foydalana boşladi. Energiya inqiroziga yöl qöymaslik uçun «iflos» yonilğida işlaydigan ba’zi elektr stansiyalari hatto qayta işga tuşirildi. Mintaqada kömir yonilğisini işlab çiqariş, yaşil energiyaga ötişning uzoq muddatli maqsadlaridan farqli ölaroq, 2022 yilda biroz ösişga erişdi. Biroq, atrof muhitga yetkazilgan zarar skeptiklar kutganidek katta bölmadi.
Yevropaliklar muzlab qolmadi, ammo ular kommunal tölovlar uçun köproq xarajat qila boşladimi?
Ha, Rossiya bilan energetik uziliş, albatta, sönggi iste’molçilarga ta’sir körsatdi. Yevropa Ittifoqida sönggi iste’molçilar uçun elektr energiyasiga tölovlar örtaça hisobda 35 foizga, barça kommunal xizmatlarga esa (suv, çiqindi va boşqalar bilan birgalikda) 18 foizga oşdi.
Biroq, qimmatlagan narsa faqatgina kommunal tölovlar bölmadi. Narxlar kötarilişi tezda barça boşqa tovarlarga ham köçdi (Yevropa Ittifoqida 2022 yilda inflatsiya darajasi 9,2 foizni taşkil etdi). Misol uçun, motsarella işlab çiqaruvçi Gruppo Francia Latticini kompaniyasi elektr energiyasi uçun tölovlar uç barobarga oşganidan şikoyat qildi va u ham narxni oşirişga majbur böldi.
Hozirgi gaz narxlari haqida nima deyiş mumkin?
Hozirda narx Ukrainadagi keng kölamli uruş boşlanişidan oldingi darajada — 1 megavatt-soat taxminan 50 yevro atrofida. Gaz eng qimmat narxga 2022 yil avgustda çiqqandi, öşanda TTF gaz habidagi fyuçers narxi 340 yevroga yetgan.
«Paradoksal körinuvçi uşbu narx pasayişi Rossiya gazi bilan bir qatorda qörquv omili ham bozorni tark etgani bilan boğliq» deya vaziyatni izohlagan Loren Rusekas. Darhaqiqat, «tavakkalçilik mukofoti» deb ataluvçi qiymat doimo xomaşyo narxiga qöşiladi. Bu tösatdan nimadir yuz bersa yoki kotirovkalar keskin özgarsa, investor uçun kompensatsiya böladi. Noaniqlik qançalik katta bölsa, «tavakkalçilik mukofoti» şunçalik köp böladi. Va yoz oxirida, Rossiya «Şimoliy oqim-1» quvurini navbatdagi bor töxtatişidan oldin, noaniqlik eng yuqori çöqqiga çiqqandi.
Sentyabr oyidagi portlaşlar natijasida gaz quvuri vayron bölgandan söng, bozor biroz tinçlandi — Moskvaning manipulyatsiyasi yevropaliklarni qörqitişni töxtatdi va heç kimda uruşdan oldingi darajadagi yetkazib beriş qayta tiklanişi mumkinligiga umid qolmadi.
Demak, Yevropa Ittifoqi uçun Rossiya bilan gaz aloqalari uzilişi ortidan kelib çiqadigan asosiy xavflar ortda qoldimi?
Yöq. Ekspertlar allaqaçon yangi xavflar haqida gapirmoqda, çunki hali «global gaz balansi zaif». IEA agentlik ta’kidlagan asosiy xavflar orasida quyidagilar bor:
— Rossiyaning qolgan gaz quvurlari ham Yevropa Ittifoqiga gaz yetkazib berişni töliq töxtatişi mumkinligi;
— qurğoqçil yoz yoki sovuq qiş;
— qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş bilan boğliq siyosiy muammolar.
Xalqaro valuta jamğarmasi ekspertlari Yevropani ogohlantirgan muhim xavflardan biri – bu gaz iste’moli ösişidir, çunki endi yuqori narxlarni uşlab turuvçi omil yöq (ular qöşimça ravişda «narx çegarasi» tomonidan uşlab turiladi). Davlat subsidiyalari ham biznes va aholini iqtisodiyotni zaiflaştirişga undamoqda. Bularning barçasi xomaşyo tannarxi mayatnigini teskari yönalişga burib yuborişi mumkin. Goldman Sachs tahlilçilari prognozlariga köra, agar sanoat talabi 2023 yilda 10 foizga tiklansa, gaz narxi ikki baravardan köproqqa oşib, bir megavatt-soat uçun100 yevrodan qimmatroqqa töğri kelişi mumkin.
«Agar Rossiyadan gaz eksporti butkul töxtasa (şu jumladan LNG yetkazib beriş) va Xitoyning suyultirilgan gaz importi 2021 yilgi darajagaça tiklansa, Yevropada xomaşyo taqçilligi yuzaga kelişi mumkin. Bu holda, 2023 yilda Yevropa Ittifoqiga 57 milliard kub metr yetmaydi», deb taxmin qilmoqda IEA.
Demak, Xitoy Yevropa Ittifoqida yangi inqirozni keltirib çiqarişi mumkinmi?
Ha. IEA ekspertlari XXR omilini hal qiluvçi bölmasa ham, asosiy omillardan biri deb hisoblaydi. Barçasi kovid çeklovlari olib taşlanganidan keyin, 2023 yilda mamlakat iqtisodiyoti qançalik tez tiklanişiga boğliq. Xitoy gaz importida Yevropa uçun sevimli bölgan LNG gaz turiga tayanadi va IEA ma’lumotlariga köra, bu yil Pekin 40-116 milliard kub metrgaça LNG import qilişi mumkin.
«Agar Pekinning iqtisodiy faolligi keskin oşsa, xomaşyo uçun raqobat kuçayadi va narxlar beqaror darajagaça kötariladi», deydi Xalqaro energetika agentligi.
Yevropa Ittifoqida yangi inqirozlar uçun reja bormi?
Ha. Yaxşilangan bozor şaroitiga qaramay, Yevropa Ittifoqi «favqulodda tejaş» rejasini uzaytirişga qaror qildi. Yangi reglament Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar uçun 2023 yil 1 apreldan 2024 yil 31 martgaça energiya resurslarni ixtiyoriy tejaş şartlarni belgilaydi.
Gaz iste’molini yana 15 foizga kamaytiriş kerak (2017 yil 1 apreldan 2022 yil 31 martgaça bölgan davrdagi, ya’ni «uruşdan oldingi» örtaça darajaga nisbatan). Bu taşabbusga qöşiliş hozirça ixtiyoriy, ammo Yevropa Ittifoqi kengaşi mamlakatlarni ularning energiya siyosati xavfliligi haqida «ogohlantiriş» huquqini özida saqlab qolgan. YeIga a’zo davlat bunday ogohlantiriş olsa, iste’molni qisqartiriş majburiy böladi va «huquqbuzar» Yevropa Ittifoqi Kengaşiga har oy hisobot beradi. Yevrokomissiya hisob-kitoblariga köra, YeI davlatlari kelayotgan mavsumda jami 45 milliard kub metr gazni tejaşi lozim.
«Yevropa Ittifoqi uçun energiya inqirozi hali töliq tugamadi va Rossiya energiyadan qurol sifatida foydalanişda davom etmoqda», deya hozirgi kursni davom ettiriş zarurligini ta’kidlagan Şvetsiyaning Energetika, biznes va sanoat vaziri Ebba Buş.