Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon maxfiy hujjatlarini oshkor qilishda gumonlanuvchi hibsga olindi
U 21 yoshli Jyek Teysheyra ekani aytilmoqda.
Foto: New York Times
AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) Massachusets havo milliy gvardiyasi razvedka bo‘limining 21 yoshli a’zosi Jyek Teysheyrani Pentagon hujjatlarining oshkor etilishiga aloqadorlikda gumon qilib hibsga oldi.
Bu haqda New York Times razvedka xizmatiga tayanib xabar berdi. Hibs uning Shimoliy Deytondagi (Massachusets shtati) uyida amalga oshirilgan. Jarayon tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Avvalroq, NYT 21 yoshli Jyek Teysheyrani so‘nggi bir necha oy ichida AQSh razvedkasining maxfiy fayllari oshkor etilgan kichik onlayn o‘yinlar guruhi rahbari bo‘lgani, u Massachusets havo milliy gvardiyasining razvedka qanotida xizmat qilgani haqida yozgan edi.
Qayd etilishicha, u Thug Shaker Central nomli xususiy internet guruhini boshqargan, u yerda qurol-yarog‘, video o‘yinlar va memlarga umumiy qiziqish tufayli 20-30 ga yaqin odam yig‘ilgan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Amerika maxfiy hujjatlari tarqalgan, ularda Ukrainadagi urush, Yaqin Sharq, Koreya va Xitoyga oid ma’lumotlar borligi aniqlangan edi.
Mavzuga oid
09:42
Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi raundi yakunlandi
08:53
Belgiya xato sabab “Tinchlik kengashi”ga Belarus o‘rniga kiritib qo‘yildi
08:31
Germaniya Trampning “Tinchlik kengashi”da ishtirok etishdan bosh tortdi
23:09 / 23.01.2026