Foto: Reuters

Dastlab New York Times naşri ilk sizdirmalarni e’lon qildi: omma e’tiboriga Pentagon va NATOning Ukrainaning tayyorlanayotgan qarşi hujumlariga doir hujjatlaridan fotosuratlar havola qilindi.

Bir neça mamlakatlardagi amaldorlar ayni paytda axborotning oşkor bölişidan yetkazilgan zararlarni hisob-kitob qiliş bilan band va e’lon qilingan materiallar nega bunçalik uzoq vaqt e’tibordan çetda qolganini tuşunolmay halak, deb yozadi Washington Post.

Öta maxfiy hujjatlarning önlab sahifalari aks etgan fotosuratlar 28 fevral va 2 mart kuni Discord plastformasida e’lon qilingan. Biroq hukumat ötgan hafta içida New York Times naşri uşbu ma’lumotlarni çop etganidan sönggina undan xabar topgan.

Hujjatlarda nimalar bor?

Maxfiy materiallarning ikkinçi porsiyasi Ukraina, Yaqin Şarq, Janubiy Koreya va Xitoyga oid Amerika milliy xavfsizligi borasida 100 dan ortiq hujjatlardan iborat.

Tarmoqqa tarqalib ketgan materiallarni puxta örganib çiqqan New York Times naşri hujjatlar AQŞ Rossiya hukumati, Ukraina va ittifoqçi mamlakatlar amaldorlarini qanday kuzatayotganidan sözlaşini ta’kidlagan.

Xususan, AQŞ u yoki bu darajada Rossiyaning har bir maxsus xizmatidan ma’lumotlar olib turişi ma’lum bölgan. «Mutlaqo maxfiy» belgisi ostidagi hujjatlardan birida NATO davlatlari tomonidan Ukrainaga yetkazib berilayotgan tanklarga qarşi Rossiya boş ştabining rejalari muhokama qilingan.

Materiallardan oydinlaşişiça, Amerika maxsus xizmatlari real vaqt rejimida Kiyevni Rossiyaning zarba beriş vaqtlari va bu zarbalardan közlangan maqsad borasida ogohlantirib turgan va şu yöl bilan Ukrainaga qarşi çoralar köriş uçun imkoniyat yaratişgan.

Washington Post naşri yozişiça, masalan, maxfiy hujjatlar fevral oyining muayyan sanasida Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan Ukraina qöşinlari pozitsiyasiga zarba beriş böyiça reja uzatilganidan Amerika razvedkasi xabardor bölganidan sözlaydi. AQŞ razvedkasi RF harbiylari Ukrainadagi önlab energetika obektlari va şunça miqdordagi köpriklarga zarba berişidan avvaldan xabardor bölgan.