Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda "Spark" yoritish moslamasidagi qisqa tutashuv sababli yonib ketdi
Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi, Oliy Majlis binosi qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
2023 yil 13 aprel kuni soat 21:30 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan "Spark" rusumli avtomashinaning o‘ng tomon yoritish moslamasida qisqa tutashuv yuzaga kelgani sababli yong‘in sodir bo‘lgan.
Ushbu holat bo‘yicha tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda hududiy Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan transport vositalarining texnik holatini muntazam ravishda nazorat qilib borish so‘ralgan.
Mavzuga oid
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
20:22 / 26.05.2026
«Toshkent – Samarqand» tezyurar avtomagistralida intellektual transport tizimi joriy etiladi
00:03 / 13.04.2026
Toshkentda intellektual transport tizimi joriy etilmoqda
09:50 / 23.03.2026