Yevropa Ittifoqi «Vagner»ga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Yevropa Ittifoqi «Vagner» XHK va uning asoschisi Yevgeniy Prigojinning ommaviy axborot vositasi - RIA FANga «Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga tahdid soluvchi xatti-harakatlari uchun» qo‘shimcha sanksiyalar kiritdi.
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxati 13 aprel, payshanba kuni «Vagner» XHK va «Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojinning «Patriot» mediaguruhi tarkibiga kiruvchi RIA FAN bilan to‘ldirildi. Sanksiyalar «Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga tahdid soluvchi» yoki ularga putur yetkazuvchi harakatlar uchun qo‘llanildi, deyiladi YeI rasmiy jurnalida.
Hujjatda aytilishicha, «Vagner» XHK 2023 yil yanvarida Ukrainaning Soledar va Baxmut shaharlariga hujumlarni boshqargan va Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushida faol ishtirok etmoqda. «Shunday qilib, «Vagner guruhi» Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvchi va tahdid soluvchi harakatlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun javobgardir», — deya yakunlanadi Bryussel bayonoti.
Jurnalning ta’kidlashicha, RIA FAN hukumatparast tashviqot va Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushi haqida dezinformatsiya bilan shug‘ullanadi, masalan, davom etayotgan urushni «Ukraina natsistlarini to‘xtatish missiyasi» deb ataydi va «Vagner» XHK harakatlarini targ‘ib qiladi. Shu tariqa, RIA FAN Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvchi va tahdid soluvchi harakatlar va siyosatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi, deyiladi bayonotda.
12 aprel kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati «Vagner» XHKning go‘yoki yollanma askarlari tomonidan ukrainalik harbiy asirning o‘ldirilishi aks etgan video internetda e’lon qilinishi munosabati bilan sudgacha tergov boshlanganini e’lon qildi. Jahon hamjamiyati ko‘rgan narsalaridan noroziligini bildirdi. «Afsuski, bu alohida holat emas.Oxirgi hisobotlarda BMT missiyasi xalqaro humanitar huquqning bir qator jiddiy buzilishlarini, jumladan, harbiy asirlarga nisbatan sodir etilgan hodisalarni qayd etdi», deyiladi BMT bayonotida.
Mavzuga oid
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
22:39 / 04.11.2024
Xitoy Yevropa Ittifoqi bilan elektromobillar bo‘yicha «savdo urushiga» kirishdi
17:30 / 04.11.2024
YeIda NATOga qo‘shimcha ravishda xavfsizlik va mudofaa ittifoqini tuzish taklif etildi
01:00 / 31.10.2024