13 aprel kuni Haagadagi xalqaro arbitraj Rossiyaga Qrim annexiasi tufayli Ukrainaning «Naftogaz» davlat gaz kompaniyasiga yetkazilgan zarar örnini qoplaş uçun 5 mlrd dollar tölab beriş majburiyatini yukladi. «Naftogaz» kompaniyasi matbuot xizmati agar Rossiya sud qarorini öz ixtiyori bilan bajarişdan böyin tovlasa, «Naftogaz» Rossiya aktivlari joylaşgan mamlakatlar hududida majburiy undiruv harakatlarini boşlaşi haqida bayonot berdi.
Xöş, bu ssenariyni amalga oşirib böladimi? Ekspertlar bu borada qanday fikrda?
«Prinsip jahatidan olinsa, aktivlar hibsga olinişi mumkin», — deydi xalqaro arbitrajga ixtisoslaşgan advokat Linda Zilberte. Yuridik fanlari doktori Mark Kavakamining sözlariga köra, har qanday sud jarayoni juda uzoq davom etadi. «U Nyu-York konvensiyasi bilan tartibga solinadi. Avvaliga «Naftogaz» Nyu-York konvensiyasiga a’zo davlat hududida Rossiya Federatsiyasining aktivini topişi kerak. Bu dunyoning juda köp davlati bölişi mumkin. Söngra «Naftogaz» topilgan aktiv davlat immuniteti ostiga tuşmasligini isbotlaş kerak. Şundan söng mulk xatlansa, «Naftogaz» uni auksionda sotib, kompensatsiyani undirişi mumkin», — deb tuşuntiradi Zilberte.
Rossiya pullarini oliş oson iş emas. «Birinçidan, RF mulki davlat immunitetidan foydalanadi. Bunday mablağlarni xatlaş uçun «Naftogaz» uşbu mol-mulklardan faqat tijoriy maqsadlarda foydalanilayotganligini isbotlab berişi kerak yoki davlat öz immunitetidan voz keçişi lozim, bunisining ehtimoli past. Ikkinçidan, RF aktivlarning katta qismi muzlatilgan. Bu hol kreditorlarga tribunallarning qarorlarini amalga oşirişda xalaqit qiladi. Yevropa Ittifoqi va BMT ayni paytda uruş tufayli yetkazilgan zararlarning örnini qoplaş maqsadida RFning aktivlarini «ozod qiliş» ustida iş olib borişmoqda», — deydi Zilberte.
«Men xuddi YuKOS işi bilan bölgani kabi Rossiya bu arbitraj sudining qarorini ham Niderlandiya sudlarida bekor qilişga urinib köradi deb öylayman. Bu qarorni amalga oşirişni yanada keçiktiradi», — deydi «Agora» xalqaro advokatlik idorasi rahbari Kirill Koroteyev.
Bu borada tarixda muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz tugagan keyslar bor.
Qrim 2014 yilda annexia qilinganidan söng Ukrainaning köplab kompaniyalari Rossiyani ularning mulkini egallab olganlikda ayblab xalqaro sudlarga murojaat qilişgan. 2018 yilda Haagadagi xalqaro arbitraj Rossiyani Qrimda öz mulkidan ajralgan 17 ta Ukraina kompaniyasiga 159 mln dollar, «Oşçadbank»ka esa 1,3 mlrd dollar tölaşga majburlovçi qaror çiqargan. Öşanda Rossiya bu qarorni tan olmasligini ta’kidlagan.












