Jahon | 09:03 / 17.04.2023
5472
2 daqiqa o‘qiladi

Belarusda «Tut.by ishi» bo‘yicha 9 nafar ayblanuvchi afv etildi

Tut.by ishi bo‘yicha soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda sheriklikda ayblangan 9 nafar ayblanuvchi jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

Foto: tutby

«Tut Bay Media» MChJ soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi bo‘yicha «Tut.by jinoiy ishi» bo‘yicha to‘qqiz nafar ayblanuvchi jinoiy javobgarlikdan ozod etildi, deb xabar berdi Belarusning Zerkalo.io nashri 16 aprel kuni.

«Kecha bu voqea tugadi - bizni afv etishdi (dekabr oxirida appelyatsiya arizasi topshirildi). Qo‘llab-quvvatlagan va biz uchun tashvishlangan barchaga yana bir bor rahmat», - deb yozdi hoster.by bosh direktori Sergey Povalishev Facebook'dagi sahifasida. U 2021 yilning may oyida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda gumonlanib hibsga olingan edi. Boshqa afv etilganlarning ismlari noma’lum.

Shu bilan birga, may oyida xavfsizlik kuchlari Minskdagi Tut.by bosh ofisida va Brest, Gomel, Vitebsk, Mogilev hamda Grodnodagi mintaqaviy ofislarda, shuningdek, ayrim xodimlarning yashash joyida tintuv o‘tkazdi. Jami 15 kishi hibsga olingan. Nashr 2020 yilda Belarusdagi ommaviy norozilik namoyishlarini faol yoritib, mamlakatda eng ko‘p tashrif buyurilgan OAV bo‘ldi. 2021 yil may oyida Tut.by sayti bloklandi va hisoblari muzlatib qo‘yildi. Yil davomida hibsga olinganlarning bir qismiga ehtiyot chorasi o‘zgartirildi, deb eslatadi Zerkalo.io.

Joriy yilning mart oyida Tut.by bosh muharriri Marina Zolotova va «Tut Bay Media» nashriyoti bosh direktori Lyudmila Chekina «davlat hokimiyatini egallab olishga chaqiruvchi materiallarni omma oldida tarqatganlik hamda adovat va nifoq keltirib chiqarishga qaratilgan qasddan harakatlar uchun» 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, Chekina katta miqdorda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda aybdor deb topildi.

Mavzuga oid