Fransiyaning qator şaharlarida 17 aprel, duşanba kuni prezident Emmanuel Makronning pensiya islohotiga qarşi ommaviy namoyişlar çoğida namoyişçilar va politsiya örtasida tartibsizliklar va töqnaşuvlar bölib ötdi.
Aksiyalar Parij, Lion, Bordo, Marsel, Renn va Fransiyaning boşqa şaharlarida bölib ötdi. Le Figaro gazetasining yozişiça, Lionda namoyişçilar petarda yoqqan, Rennda politsiya namoyişçilarni markazdan uzoqlaştiriş uçun közdan yoş oqizuvçi gaz va suv purkagiçlardan foydalanişga majbur bölgan.
Ayni paytda, Bordo prefekturasi namoyişçilar tomonidan, jumladan, politsiya bölimi oldida va LCL banki oldida öttizta çiqindi qutisi yoqib yuborilgani haqida xabar berdi. Qora kiyimdagi namoyişçilar bilan töqnaşuvlar çoğida politsiya közdan yoş oqizuvçi gaz işlatgan.
Parijda, Le Figaro naşrining yozişiça, 17 aprel oqşomiga qadar 11 kişi qölga olingan.
Şu kuni, 17 aprelda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron televideniye orqali çiqiş qilib, mamlakatni birlaştiriş uçun «100 kunlik dastur»ni amalga oşiriş niyatida ekanligini ma’lum qildi. Uşbu dastur doirasida Fransiya boş vaziri Elizabet Born mehnat şaroitlari, xavfsizlik, ta’lim va soğliqni saqlaş böyiça takliflar tayyorlaşi kerak, dedi u. Makronning sözlariga köra, bu işning natijasini 14 iyulda nişonlanadigan milliy bayram – Bastiliyani oliş kuni körişi kerak.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron pensiya yoşini oşiriş böyiça bahsli qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda Fransiya hukumati 15 aprel kuni xabar berdi. Pensiya yoşini 62 dan 64 ga kötaruvçi islohot bir neça oylik şiddatli ommaviy noroziliklarga sabab böldi.
Fransiya Konstitutsiyaviy sudi bir kun avval Makron taşabbusi bölgan pensiya islohoti, qonunning bir qator moddalaridagi huquqiy xatolarga qaramay, qonuniy ekanligini e’lon qildi. Pensiya yoşini ikki yilga oşiriş töğrisidagi bandning özi ham sudyalar şikoyatiga sabab bölmadi. Konstitutsiyaviy sud muxolifatning pensiya islohoti böyiça referendum ötkaziş haqidagi iltimosini rad etdi.
Fransiya boş vaziri Elizabet Born konstitutsiyadagi böşliqdan foydalanib, munozarali pensiya islohoti loyihasini parlamentda ovoz berişsiz qabul qildi. Milliy assambleyada uning hukumati işonçsizlik votumiga bardoş bera oldi.








