Fransiya prezidenti Emmanuel Makron pensiya yoşini oşiriş böyiça bahsli qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda Fransiya hukumati 15 aprel, şanba kuni xabar berdi. Pensiya yoşini 62 dan 64 ga kötaruvçi islohot bir neça oylik şiddatli ommaviy noroziliklarga sabab böldi.
Fransiya Konstitutsiyaviy sudi bir kun avval Makron taşabbusi bölgan pensiya islohoti, qonunning bir qator moddalaridagi huquqiy xatolarga qaramay, qonuniy ekanligini e’lon qildi. Pensiya yoşini ikki yilga oşiriş töğrisidagi bandning özi ham sudyalar şikoyatiga sabab bölmadi. Konstitutsiyaviy sud muxolifatning pensiya islohoti böyiça referendum ötkaziş haqidagi iltimosini rad etdi.
Fransiya boş vaziri Elizabet Born konstitutsiyadagi böşliqdan foydalanib, munozarali pensiya islohoti loyihasini parlamentda ovoz berişsiz qabul qildi. Milliy assambleyada uning hukumati işonçsizlik votumiga bardoş bera oldi.
Sörovlarga köra, fransuzlarning aksariyati hali ham pensiya islohotini rad etyapti. Reytingi tuşib ketgan Makron vaziyatni önglamoqçi, biroq kasaba uyuşmalari uning 18 aprel kuni Yelisey saroyidagi muzokaralar taklifini rad etişdi. Buning örniga kasaba uyuşmasi rahbari Jan-Lyuk Melanşon yangi ommaviy noroziliklarni e’lon qildi. «Jang davom etmoqda», deya ma’lum qildi u.








