Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zLiDeP: Birgalikda ochiq jamiyat quramiz

Foto: O‘zLiDeP
Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyati tashviqotiga bag‘ishlangan event tadbirlar o‘tkazilmoqda. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, partiya vakillari, faollari va keng aholi vakillari ishtirok etishyapti.
Tashviqot tadbirlarning navbatdagisi poytaxtning Olmazor tumanidagi Universitet ko‘chasi hududida “Birgalikda ochiq jamiyat sari!” shiori ostida tashkil qilindi. Unda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Haitov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Toshkent shahar, tuman kengashi deputatlari, tuman ahli, yoshlar, tadbirkorlar, partiya faollari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan partiya vakillari tadbirkor, ishbilarmon, klaster va fermerlar konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamasida o‘z takliflari bilan faol ishtirok etishganini alohida e’tirof etishdi. Yangi tahrirdagi konstitutsiyada partiya elektorati bo‘lgan biznes sub’yektlar manfaatlarini to‘liq himoya qiladigan qator normalar o‘z aksini topayotgan ta’kidlandi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, ushbu o‘zgarishlarning aksariyati tadbirkor, fermerlar uzoq kutgan, mulkdorlar qatlami uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlardir. Masalan, loyihasida davlatning bozor munosabatlarini rivojlantirish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishi bo‘yicha majburiyatlari belgilanyapti. Shuningdek, Konstitutsiyada barcha mulk shakllarining teng huquqliligi, tadbirkorlarning qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni mustaqil tanlashi va amalga oshirishga haqli ekanligi kafolatlanishi katta ahamiyatga molik. Mol-mulk, uy-joy daxlsizligi masalasining Bosh qomusimizda belgilanishi – partiya a’zolari va elektorati uchun ayni muddao bo‘lyapti. Mol-mulk daxlsizligining yuksak darajada kafolatlanishi ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni ham rag‘batlantiradi. Shu bois, uni hech ikkilanmasdan xalq Konstitutsiyasi deyish mumkin.
Tadbirda partiya faollari, tadbirkor, ishbilarmon, faxriylar, yoshlar ham so‘zga chiqib, xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda yangilanayotgan Konstitutsiya uchun ovoz berishga hammani chaqirishdi.
O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp uchrashuvi oldidan moliyaviy prognozlar
Moliya | 18:37
-
Saudiya Arabistonida oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 18:29
-
Xalqaro astronavtika kongressi 2028 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:08
-
Google osmonida qora bulutlar: kompaniyaga xaridor ham tayyor, monopoliyaga qarshi da’vo ochilishi kutilmoqda
Biznes | 18:06
Mavzuga oid

11:05 / 28.07.2024
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining XVII majlisi bo‘lib o‘tdi

20:00 / 18.05.2023
Imzo to‘plash jarayonida yurtdoshlarimiz faol ishtirok etmoqda - O‘zLiDeP

15:43 / 17.04.2023
O‘zLiDePning referendum tashviqotiga bag‘ishlangan navbatdagi event-tadbiri Chirchiq shahrida o‘tkazildi

14:11 / 13.04.2023