Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasi böyiça ötkaziladigan referendum tarğibotiga bağişlangan navbatdagi event-tadbiri Ğijduvon tuman hokimligining oçiq maydonida taşkil qilindi.

Tarğibot-taşviqot tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Xaitov, parlamet quyi palatasi va mahalliy kengaş deputatlari, partiya faollari, tadbirkor va fermerlar, xotin-qizlar, yoşlar hamda OAV vakillari iştirok etdi.

Tadbirda söz olgan partiya yetakçisi Yangi Özbekistonni barpo etişdek oliy maqsad sari qöyilgan qadamlar albatta Asosiy qonunni yangilaş zarurligini taqozo etgani va yangi tahrirdagi hujjatda Özbekiston ijtimoiy davlat, degan ğoya asosiy mezon qilib olinganini, Konstitutsiyani qayta işlab çiqişda bevosita xalqning taklif, xohiş-istaklari e’tiborga olingani, hujjat referendumga qöyiş orqali qabul qilinişini aytib ötdi.

Yangilanayotgan Boş qomusimizda milliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantiriş, mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxşilaş hamda mulk himoyasini yanada kuçaytirişga qaratilgan normalar kiritilmoqda. Bank omonatlari, balki bank operatsiyalari va hisob varaqlarning ham sir tutilişi kafolatlanmoqda. Soliq va yiğimlar adolatli bölişi va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oşirişiga tösqinlik qilmasligi mustahkamlanmoqda.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Emma Aslonovaning fikriça, yangilanayotgan Konstitutsiyaga muvofiq davlat qulay investitsiyaviy va işbilarmonlik muhitini ta’minlaydi. Mazkur norma investorlarning işonçini oşiriş, tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişni ta’minlaşga xizmat qiladi.

– Tadbirkorlikni boşlaganimga ança yillar böldi, – deydi tadbirkor, tuman kengaşi deputati Zamira Safarova.  – Bor-yöği 2-3 kişi bilan faoliyatimni boşlagan bölsam, bugungi kunda 45 nafar işçi-xodimim bilan “Ğijduvon maşhurasi” xususiy korxonasiga rahbarlik qilyapman. Asosan quriliş-pardozlaş materiallari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan tadbirkorlik sub’yektimiz faoliyati natijasida dunyodagi bir qator – Turkiya, Qirğiziston, Isroil, Niderlandiya singari davlatlarga eksport mahsulotlarini yuboryapmiz. Erişayotgan yutuqlarimizning barçasi yurtimizda soha xodimlari uçun yaratib berilgan imkoniyatlar şarofatidandir. Men oila a’zolarim va mehnat jamoam bilan birga referendumda iştirok etaman. Vatanimiz ravnaqi, elimiz tinçligi va osoyiştaligi, xalqimiz farovonligi kafolati bölgan yangi Konstitutsiyani yoqlab ovoz berişga barçani çaqirib qolaman.