Toşkent viloyati Chirchiq şahrida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bağişlangan “Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!” şiori ostidagi yirik tarğibot tadbiri kötarinki ruhda ötdi.

Oçiq osmon ostida ötgan tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Hayitov, Senat a’zosi Mahmud Toir, parlament quyi palatasi deputatlari Dilbar Usmanova, Atxam Nazirqulov, Nodirbek Abduvaliyev va mahalliy kengaş deputatlari, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, şoir Bobur Bobomurod, “Maxam chirchiq” AJ boşqaruv raisi Hotam Sayidahmedov, Chirchiq davlat Pedagogika universiteti rektori Ğafurjon Muhammedov, keng jamoatçilik vakillari, ilm-fan va madaniyat arboblari, nuroniylar va yoşlar iştirok etişdi.

Tadbirni O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Hayitov oçib berar ekan, yangilanayotgan Konstitutsiyaning asl mazmun-mohiyati Özbekistonni yanada barqaror rivojlantirişga qaratilgani haqida sözladi. Konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qöllab-quvvatlaşi asosida, referendum orqali amalga oşirilişi xalqimiz xohiş-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bölişiga puxta zamin yaratişini qayd etdi. Yangilanayotgan qomus bevosita xalq tomonidan qabul qilinadigan birinçi huquqiy hujjat ekanini, referendumdagi har bir ovoz katta ahamiyatga ega bölişini alohida uqtirdi.

Bugun xalqimiz tomonidan jamiyatimizda yuz berayotgan özgarişlarga mutanosib holda yaratilayotgan Boş Qomusimiz ertangi yanada osuda, obod va farovon hayotimizning işonçli kafolati bölişini ta’kidladi.

Senator, Özbekiston xalq şoiri Maxmud Toir esa yangi tahrirdagi Qomus xalqçil Konstitutsiya sifatida dunyo yuzini körayotgani xususidagi öz mulohazalarini bildirdi. Bugun dunyo mamlakatlarida keçayotgan tahlikali hayot bolalarni otasidan, ayollarni sevimli yoridan, onalarni farzandlaridan ayirayotgan bir zamonda yurtimizda hukm surayotgan tinçlik ne’mati va Asosiy qonun xalqimizni yanada jipslaştirib turganiga e’tibor qaratdi. Yangi Özbekistonning baxti birlik va jipslikda ekanini madh etuvçi ijod namunalaridan öqib berdi.

Tadbirda söz olgan xalq deputatlari mahalliy kengaşlari deputatlari partiyaning dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib çiqib berilgan takliflar qonun loyihasida aks etgani töğrisida ham töxtalişdi. Uşbu özgarişlarning aksariyati tadbirkorlarimiz, fermerlarimiz uzoq kutgan, mulkdorlar qatlami uçun nihoyatda muhim ahamiyatga ega bölganini alohida e’tirof etişdi.

Chirchiq davlat Pedagogika universiteti rektori Ğafurjon Muhammedov esa Özbekistonning ta’lim va intellektual rivojlaniş darajasi böyiça dunyoda eng yuqori reytingga ega 30 ta davlat qatoridan joy olişini ta’minlaş yuzasidan keng qamrovli harakatlar olib borilayotgani xususida töxtaldi. Yaqin yillarda uşbu uluğvor maqsadga erişiş O‘zLiDeP dasturida ham öz ifodasini topgani, şunga mos ravişda yangilanayotgan Konstitutsiyamizda ta’lim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oşayotganini alohida e’tirof etdi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada “Har kim davlat ta’lim taşkilotlarida tanlov asosida bepul oliy ma’lumot olişga haqli” degan normaning mustahkamlanişi uşbu vazifani konstitutsiyaviy darajadagi kafolatini ta’minlaşga xizmat qilişi muqarrar ekanini ta’kidladi. Mazkur qoida mazmunida davlat tomonidan iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida doimiy ravişda tanlov asosida davlat ta’lim taşkilotlarida bepul oliy ma’lumot oliş huquqi kafolatlanayotgani tahsinga sazovor ekanini aytarkan, mamlakatning yoruğ istiqboliga befarq bölmasdan, umumxalq referendumida faol iştirok etişga çorladi.

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, şoir Bobur Bobomurod yangi tahrirdagi Konstitutsiya faqat bayram kuni eslanadigan hujjat emas, kitobça emas, köksida olib yuradigan yölçiroq, dasturilamal böladigan Qomus ekanini uqtirdi. Yoşlarni Ona yurt taqdiri, öz kelajagiga befarq bölmasdan, Yangi Özbekistonni barpo etişdek uluğvor maslak yölida jipslaşib, referendumda munosib iştirok etişga da’vat etdi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari öz sözida tariximizda ilk bora Özbekiston – ijtimoiy davlat, deb belgilanayotgani, ya’ni, insonga e’tibor hamda ğamxörlik – davlat va jamiyatning eng asosiy burçi deya mustahkamlanayotganiga urğu berdilar. Davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan boğliq Konstitutsiyadagi normalar uç barobar köpaytirilayotganini qayd etişdi.

Tadbirga yiğilganlarning barçasi umumxalq ovozi yakuniy qarorni belgilab beradigan ğoyat muhim siyosiy tadbirda faol iştirok etişga çaqirdi.

Şuningdek, bir qator professor-öqituvçi va talabalar, sportçilar Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga oid öz mulohazalari bilan örtoqlaşişdi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning har bir moddasi inson qadri uçun xizmat qilişini bot-bot ta’kidlaşdi.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati