O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining XVII majlisi bo‘lib o‘tdi

Foto: O‘zLiDeP
O‘zLiDeP 2024 yilgi parlament saylovlariga yangi strategiya bilan kirib kelishini va 3 million xonadonlarga kirib, saylovchilar bilan muloqot qilishni maqsad qilganini ma’lum qildi.
27 iyul kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining XVII majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning hududiy tashkilotlari va deputatlik guruhlari vakillari qatnashdi. Majlisda partiyaning 2024 yilgi parlament saylovlaridagi ishtiroki muhokama qilindi.
Partiya a’zolari saylovlarning mamlakat kelajagi uchun ahamiyatini hisobga olib, faol ishtirok etishni bir ovozdan qaror qabul qilishdi. Yaqin kunlarda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashning saylovda ishtirok etish haqidagi qarorini Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etishi va saylovchilar imzolarini yig‘ishni boshlashi rejalashtirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zLiDeP 2024 yilgi parlament saylovlariga yangi strategiya bilan kirib keladi. Partiya bu jarayonda faolroq xalq ichiga kirib, uyma-uy yurib, 3 million xonadonga kirib, saylovchilar bilan muloqot qilishni maqsad qilgan. Saylovoldi dasturini xalq muammolarini o‘rganib, keng qamrovli jamoatchilik eshituvlari asosida ishlab chiqadi.
Majlisda partiyaning saylovda ishtiroki bilan bog‘liq barcha masalalarni muvofiqlashtirib boradigan saylovoldi shtabi tashkil etilishi belgilandi. Shtabga zamonaviy saylov texnologiyalari va targ‘ibot bo‘yicha bilimli mutaxassislar jalb etiladi. Shuningdek, partiyaning I Kongressini chaqirish va hududiy partiya tashkilotlari konferensiyalarini o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
O‘zLiDeP axborot xizmati
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

20:00 / 18.05.2023
Imzo to‘plash jarayonida yurtdoshlarimiz faol ishtirok etmoqda - O‘zLiDeP

11:35 / 20.04.2023
O‘zLiDeP: Birgalikda ochiq jamiyat quramiz

15:43 / 17.04.2023
O‘zLiDePning referendum tashviqotiga bag‘ishlangan navbatdagi event-tadbiri Chirchiq shahrida o‘tkazildi

14:11 / 13.04.2023