Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati «Aholisi ish bilan ta’minlangan hudud»ga aylantiriladi - qaror loyihasi
“Farg‘ona viloyatida aholi bandligini ta’minlash va daromadini ko‘paytirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Farg‘ona viloyatini 2023 yilda “Aholisi ish bilan ta’minlangan hudud”ga aylantirish hamda viloyatni jadal sur’atlarda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
mahallalarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta’minlash;
infratuzilmaviy shart-sharoitlarni yaratib berish orqali ishlab chiqarishni kengaytirish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish;
yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish.
Farg‘ona viloyati mahallalarida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishi doirasida:
a) Farg‘ona viloyati mahallalarida tashkil etiladigan mikromarkazlarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik yo‘nalishlari bilan bir qatorda savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari tashkil qilinadi.
2023 yilda Farg‘ona viloyati mahallalarida sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik, chorvachilik, savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida tashkil etiladigan mikromarkazlar va mikroloyihalar hisobiga aholi bandligini ta’minlashning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi;
b) Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati hokimligi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda 2023 yil davomida hududdagi mavjud 1062 ta mahallalardan hunarmandchilikka qiziquvchi yigit va qizlarni hunarmandchilik maktablariga hunar o‘rganish uchun o‘quv kurslariga yuborish choralarini ko‘radi.
Bunda, mazkur kichik banddagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi, viloyat mahalliy budjeti va “Hunarmand” uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish yo‘nalishi doirasida:
a) 2023 yilda Farg‘ona viloyatida yangi dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun aholiga qo‘shimcha 11 939 gektar yer maydonlari ajratiladi. Bunda, mazkur yer maydonlarining:
9 929 gektari paxta va g‘alla maydonlaridan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan ekin yerlar hisobidan;
30 gektari yangi o‘zlashtirilgan yerlar hisobidan ochiq elektron tanlov asosida taqdim etiladi;
1 980 gektari tuman zaxira yer fondidagi yerlar hisobidan ochiq elektron tanlov asosida taqdim etiladi;
b) 2023 yilda Farg‘ona viloyatida 2 124 gektar foydalanishdan chiqib ketgan ekin yerlar suv ta’minotini yaxshilash hisobidan qayta foydalanishga kiritiladi.
Bunda, mazkur kichik bandda nazarda tutilayotgan yer maydonlari tashabbuskorlar tomonidan, shuningdek, yangi dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun aholiga ochiq elektron tanlov asosida taqdim etilgan holda qayta foydalanishga kiritiladi.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026