Bryussel: YeI davlatlaridan o‘q-dorilar Kiyevga jo‘natish uchun tayyor
Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga 600 million yevrodan ortiq o‘q-dori yetkazib berishdi va YeI yuqori martabali rasmiylariga ko‘ra, keyingi partiya ham yaqinda yetib boradi.
Bryussel va’da qilingan o‘q-dorilarning katta miqdori Ukrainaga o‘tkazishga tayyor ekanligini xabar qildi. Yevropa Ittifoqining bosh diplomati Jozep Borrel 21 aprel, juma kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan Ukraina Qurolli kuchlari uchun birgalikda o‘q-dorilar sotib olish bo‘yicha uch bosqichli reja doirasida yuzlab million yevrolik xaridlar amalga oshirilganini ma’lum qildi.
"Men Dmitriy Kuleba bilan Yevropa Ittifoqi Ukrainaga o‘q-dori yetkazib berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarayotganini tasdiqlash uchun gaplashdim. 9 fevraldan beri birinchi milliard yevroning 66 foizdan ortig‘i yetkazib berildi”, — deb yozdi u "Tvitter"da. Birinchi milliard yevro Yevropa Ittifoqi rejasining birinchi bosqichiga to‘g‘ri keladi, unga ko‘ra davlatlar Ukrainani o‘z qo‘shinlari uchun mavjud bo‘lgan o‘q-dorilar bilan ta’minlaydi va buning uchun Yevropa tinchlik jamg‘armasidan tovon puli oladi. Ushbu bosqich uchun YeI Kengashi fonddan 1 milliard yevro ajratdi.
Bu shuni anglatadiki, Yevropa Ittifoqi davlatlari bu miqdorni Yevropa tinchlik jamg‘armasidan qaytarish uchun allaqachon ariza berishgan, dedi Bryusseldagi yuqori martabali amaldor. Rejaga ko‘ra, birinchi bosqichda mamlakatlarga Ukrainaga o‘tkazgan o‘q-dorilari narxining 50-60 foizi to‘lanadi.
Boshqa bir tvitida Borrel "Ukrainaga 600 million yevrodan ortiq o‘q-dori va raketalar yetkazib berilgani" va birgalikda xarid qilish ishlari davom etayotganini aytdi. Bryussel rasmiysi Borrel raqamlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntira olmadi, ammo o‘q-dorilarning navbatdagi partiyasi "Ukrainaga borishga tayyor" ekani va yaqin orada Kiyev tomonidan qabul qilinishiga ishontirdi.
Mavzuga oid
11:29 / 06.11.2024
Ukrainaga yordam: YeI AQSh saylovlari natijalarini kutmoqda
10:08 / 06.11.2024
YeIdagi yonuvchi posilkalar: Litvada gumondorlar ushlandi
12:30 / 05.11.2024
Janubiy Koreya va YeI KXDR askarlari Rossiyaga yuborilganini qoraladi
10:30 / 05.11.2024