ISW Prigojinning Kremlga urushni muzlatish bo‘yicha chaqirig‘ini tushuntirdi
“Vagner” XHK egasining murojaati u Rossiya Mudofaa vazirligida Ukrainadagi urushni vaqtincha muzlatish tarafdori bo‘lgan ittifoqchilarni topganini ko‘rsatishi mumkin, deb xabar beradi ISW.
“Vagner” XHK xo‘jayini Yevgeniy Prigojinning Kremlga harbiy harakatlarni to‘xtatish va ishg‘ol qilingan hududlarda rus qo‘shinlarining xavfsizligini ta’minlashga e’tibor qaratish haqidagi chaqirig‘i u Rossiya Mudofaa vazirligida Ukrainadagi urushni vaqtincha muzlatish tarafdori bo‘lgan ittifoqchilarni topganidan dalolat berishi mumkin. Bu haqda 21 aprel, juma kuni Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) ekspertlari tomonidan tayyorlangan an’anaviy sharhda aytiladi.
“Prigojin ochiqchasiga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikni tikladi va Rossiya harbiy qo‘mondonligi bilan bir necha oy davom etgan janjaldan so‘ng, aprel oyi boshida Kreml tomonidan berilgan imtiyozlarning bir qismini qaytarib olgan ko‘rinadi”, deydi tahlilchilar.
ISW fikricha, Prigojinning Rossiya Mudofaa vazirligi bilan hamkorligi “Vagner” rahbari Putinni vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bayonot berishga taklif qilib, Rossiya harbiy qo‘mondonligi bilan kelishib olganini ko‘rsatadi. Shu tariqa, xabarda aytilishicha, Prigojin Rossiyada parlament va prezidentlik saylovlari arafasida kuchlarni to‘plash va siyosiy istiqbollarni kengaytirish imkoniyatini tiklamoqchi.
“Ukrainada vaqtinchalik otashkesim va urushning uzaytirilishi Rossiyaga faqat foyda keltiradi, chunki bu unga o‘z kuchlarini tiklashga hamda G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini zaiflashtirishga imkon beradi. Rossiya o‘z jangovar qobiliyatini tiklaganidan keyin Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bo‘lajak hujum operatsiyalari uchun tramplin sifatida foydalanadi”, - deydi ISW.
14 aprel kuni Yevgeniy Prigojinning matbuot xizmati “Vagner” XHK egasining katta maqolasini e’lon qildi, unda, xususan, “hokimiyat va umuman jamiyat uchun bugungi kunda urushda qandaydir katta nuqta qo‘yish zarurligi” ta’kidlanadi. Uning fikricha, ideal variant qurolli qarama-qarshilik tugaganini e’lon qilishdir, chunki Rossiya go‘yoki rejalashtirilgan natijalarga erishgan. “Endi faqat bitta narsa qoldi: mustahkam o‘rnashib olish, mavjud bo‘lgan hududlarda yaxshilab joylashish”, dedi Prigojin.
Mavzuga oid
09:10 / 29.10.2024
Kreml Gurjistondagi saylovlarga aralashgani bo‘yicha ayblovlarni rad etdi
11:50 / 05.10.2024
Kremlga yaqin VK'da ommaviy ishdan bo‘shatishlar kuzatilyapti
23:50 / 30.09.2024
Putin va uning administratsiyasi xarajatlari 25 foizga oshadi
22:12 / 25.09.2024