Rossiya AQŞ prezidenti Donald Tramp iltimosiga zid ravişda yana bir bor Putinning yordamçisi Vladimir Medinskiyni Ukraina bilan muzokaraga jönatadi. Rossiya taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova 29 may, payşanba kuni «Rossiya 24» telekanalida 2 iyun kuni Istanbulda bölib ötişi rejalaştirilgan uçraşuvda Rossiya delegatsiyasi tarkibi özgarişsiz qolişini ma’lum qildi.

Medinskiy 2022 yilda Istanbulda va şu yilning may oyida Ukraina bilan muzokaralarda Rossiya delegatsiyasiga boşçilik qilgan, biroq uning iştiroki ğarb vositaçilarining noroziligiga sabab bölgan. Tramp ma’muriyati uni muzokaralar jarayonidan çetlaştirişni talab qildi.

Kiyev va Moskva örtasidagi aloqalarni taşkil qiliş uçun mas’ul bölgan amerikalik rasmiylar muzokaralarda «qattiq siyosat tarafdorlari» iştirok etişiga qarşi çiqdi, jumladan, Rossiyaning sobiq madaniyat vaziri, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini oqlovçi tarğibot tarixi böyiça darslik muallifi Medinskiy. Medinskiy rus xalqida «qöşimça xromosoma» borligi haqidagi bayonoti bilan ham maşhur.