Moskva AQŞning şunga öxşaş qadamiga javob tariqasida yadroviy sinovlarni qayta tiklaş bilan tahdid qildi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 30 oktyabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda dunyoda yadroviy qurolni sinaşga oid amaldagi moratoriy mavjudligini ta’kidlab, çeklanmagan uzoqlikka ega «Burevestnik» qanotli raketacining yadroviy qurilma bilan ötkazilayotgan sinovlari «yadroviy sinov» emasligini bildirdi.

«Şu kungaça kimdir (yadroviy qurol) sinovini ötkazayotgani haqida ma’lumotimiz yöq. Agar gap qandaydir tarzda “Burevestnik” sinovi haqida ketayotgan bölsa, bu heç qaysi tarzda yadroviy sinov emas. Barça davlatlar öz mudofaa tizimlarini rivojlantiradi, ammo bu yadroviy sinov hisoblanmaydi», — dedi u.

Peskov, şuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yadroviy qurol sinovlari böyiça moratoriy buzilgan taqdirda «vaziyatga mos tarzda harakat qiliş» haqidagi köp marotaba aytgan gaplarini esga soldi. U «Burevestnik» sinovlari haqidagi ma’lumot AQŞ prezidenti Donald Trampga töğri yetkazilişiga ham umid bildirdi.

Bundan oldinroq Tramp Pentagonga yadroviy qurol sinovlarini boşlaşni topşirganini e’lon qildi. «Boşqa mamlakatlar sinov dasturlarini yuritayotgani sababli, Mudofaa vazirligiga yadroviy qurolimizni paritet asosida sinaşni boşlaşni buyurdim. Jarayon darhol boşlanadi», — deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmoğida. Uning ta’kidlaşiça, AQŞ «boşqa har qanday davlatga qaraganda köproq yadroviy qurolga ega».

Hozirça Tramp töliq quvvatli yadroviy portlaşlarni, yetkazib beriş vositalari sinovini yoki kallaklar portlaşsiz tekşiriladigan subkritik sinovlarni nazarda tutgani yoki tutmagani aniq emas.

AQŞ 1992 yildan beri töliq quvvatli yadroviy qurol sinovlarini ötkazmagan. Vaşington 1996 yilgi Yadroviy sinovlarni töliq taqiqlaş töğrisidagi şartnomani imzolagan, ammo ratifikatsiya qilmagan. Şundan buyon AQŞ Nevada poligonida yerostida subkritik sinovlar ötkazib kelmoqda.

Moskva esa sönggi marta 1990 yilda, SSSR davrida yadroviy sinov ötkazgan. Rossiya Yadroviy sinovlarni töliq taqiqlaş töğrisidagi şartnomani imzolagan va ratifikatsiya qilgan, biroq 2023 yilda öz imzosini qaytarib olgan. Bundan oldin AQŞ Rossiyani yadroviy sinovlar moratoriyini buzişda ayblagan edi.

Sönggi kunlarda Putin avvalo çeklanmagan uzoqlikka ega yadroviy qurilmali «Burevestnik» qanotli raketa, keyin esa yadroviy qurilma bilan jihozlangan suvosti pilotsiz apparati «Poseydon» sinovlari haqida xabar berdi. Şu bilan birga Rossiyaning yadroviy qurolning özini sinagani haqida e’lon qilinmadi. Tramp esa Putinning «Burevestnik» sinoviga oid bayonotini «noörin» deb baholadi.