O‘zbekiston | 15:23 / 22.04.2023
11005
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ixtisoslashtirilgan maktablarida ispan tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Dunyo AA

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Ispaniya Ta’lim va kasbga o‘qitish vazirligi hamda mutasaddilari ishtirokida VKA shaklida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Xorij tomoni ispan tilini o‘qitishni O‘zbekiston ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, xususan, birinchi galda iqtidorli o‘quvchilar tahsil olayotgan Prezident va ijod maktablarida ikki tilli bo‘limlar dasturi, chet tili o‘qituvchilarning yordamchilari dasturi, Ispaniya ta’lim va kasbga o‘qitish vazirligining resurs markazlari faoliyatini joriy qilish orqali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

Ispaniya Ta’lim va kasbga o‘qitish vazirligining Xalqaro aloqalar va ta’limni xorijda ilgari surish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - katta maslahatchi Rosa M.Priyerto aytishicha, ushbu dasturga 30 yil avval asos solingan bo‘lib, hozirgi kunda bu ta’lim dasturlari Lotin Amerikasi, AQSh, Yevropa mamlakatlari, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar maktablarida keng joriy qilingan. 

Ispan tili dasturlari joriy qilingan maktablar boshqa ta’lim muassasalariga nisbatan mavqeyi yuqori bo‘lib, iqtidorli o‘quvchilarga milliy shahodatnoma bilan birga Ispaniya shahodatnomasi taqdim etiladi. Dasturda ishtirok etgan maktablarda ispan tili va madaniyati burchaklari hamda muzeylar bilan ta’minlanadi.

Muzokaralar davomida yuqoridagi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilish maqsadida 24-27 aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan Ispaniya delegatsiyasi dasturi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati bilan muzokaralar olib borish hamda Toshkent va Samarqand  shaharlaridagi Prezident va ijod maktablariga tashrif buyurish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid