Jamiyat | 13:09 / 22.04.2023
28662
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda Gentra va Mercedes-Benz to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 5 kishi vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB ushbu xabarni o‘rganib chiqdi.

Foto: IIV

Ma’lum bo‘lishicha, 22 aprel kuni soat 08:00 larda berilgan dastlabki xabarga ko‘ra, haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.T Gentra rusumli avtomashinani shaharning Turkiston-Po‘stindo‘z ko‘chalari kesishgan chorrahada boshqarib kelayotgan bo‘lgan.

Shu vaqtda, 1972 yilda tug‘ilgan B.X boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli avtomashina ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelishi natijasida YTH sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida Mercedes-Benz avtomashinasida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan. Haydovchilar A.T va B.X. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid