Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya o‘z fuqarolarini Sudandan evakuatsiya qilishni boshladi
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Sudan armiyasi va unga dushman bo‘lgan Tezkor harakat xizmati harbiylashtirilgan guruhi Fransiyaning evakuatsiya missiyasiga xavfsizlik kafolatlarini bergan.
Fransiya diplomatlar va fransuz fuqarolarini Sudandan evakuatsiya qilish uchun operatsiya boshladi. 23 aprel, yakshanba kuni Parijda Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, operatsiya davomida Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari va “ittifoqdosh hamkor davlatlar” fuqarolari ham xavfsiz joyga keltiriladi.
Diplomatlarning so‘zlariga ko‘ra, Sudan armiyasi va unga dushman bo‘lgan Tezkor harakat xizmati harbiylashtirilgan guruhi avvalroq Fransiya evakuatsiya qilish missiyasiga xavfsizlik kafolatlarini bergan. TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Sudanda Fransiyaning 250 ga yaqin fuqarosi istiqomat qiladi.
Niderlandiya ham o‘z fuqarolarini Sudandan evakuatsiya qilish uchun operatsiya boshladi. “Niderlandiya Iordaniya jamoasi bilan birgalikda niderland fuqarolarini u yerdan imkon qadar tez va xavfsiz olib chiqish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi”, deb yozdi tashqi ishlar vaziri Vopke Xekstra Twitter’da.
15 apreldan beri Sudanda Abdul Fattoh al-Burxon boshchiligidagi muntazam armiya va Muhammad Hamdan Dagalo boshchiligidagi Tezkor harakat kuchlari o‘rtasidagi ziddiyat keskin avj oldi. Janglar oqibatida allaqachon yuzlab odamlar halok bo‘ldi, minglab fuqarolar yaralandi.
Mavzuga oid
09:55 / 14.07.2026
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026