Özbekistonda ayollar va bolalarga nisbatan zöravonlik uçun jazo çoralarini kuçaytiriş haqidagi qonunga binoan şilqimlik uçun jazo joriy qilindi. Buning uçun 1,5 mln sömgaça jarima yoki 5 sutkagaça qamoq jazosi amalga oşiriladi. Iqtisodçi Barnogul Sanaqulova bundan ayrim ayollarning öz manfaatlari yölida foydalana olmasliklari, tuhmat uçun jazo borligi haqida gapirdi.

«Yana bir narsani tan oliş va buning ustida işlaşimiz kerak. Ya’ni ba’zi bir ayol-qizlar şahvoniy şilqimlikdan qasd oliş maqsadida ham foydalanişi mumkin. Şunday jarayonda işni olib borayotgan tergovçilarga, sudyalarga köp narsa boğliq. Qonun orqali çeklovlar bölgandek bölişi mumkin. Yoki ayblanuvçi men şunçaki kayfiyatini kötariş uçun yo maqtab qöyiş uçun gapirgandim, deyişi ham mumkin. Ya’ni tarğibotda tuşuntiriş kerakki, şunçaki bir marta yengil gapirişi jinoyat bölib qolmaydi. Qonunning taşviqoti töğri olib borilişi, tuhmat uçun ham katta jazo bor ekani aytilişi lozim. Moddalar şunçaki quruq gap bilan işlamaydi, albatta. Dalillar, isbotlar kerak (qönğiroq yozuvlari, videolar, audiolar, kamera yozuvlari va boşqalar). Şuning uçun erkaklar ham, ayollar ham yuzaki qaramasligi lozim bu qonunga. Jamiyatda bu qonunga nisbatan notöğri talqin bölib qolmasligi kerak.

Sanaqulovaning fikriça, oilaviy zöravonlikning jinoyat deb qabul qilinişi ortidan ajrimlar soni köpayişi ehtimoli bor. Ammo bu kelgusida sifatli, mustahkam oilalar vujudga kelişiga xizmat qiladi:

«Oilaviy zöravonlik töğrisidagi qonun ortidan jamiyatda ajrimlar soni köpayadi degan taxminlar bor. Töğri, boşlanğiç bosqiçda şunday bölişi mumkindir. Bunday bölmaydi, deb aytolmaymiz baribir, vaqt körsatadi. Lekin kelgusida sifatli, mustahkam oilalar qurila boşlaydi, munosabatlar töğrilanadi. Masalan, qiz bola turmuş örtoğini tanlayotganda, boşqa mezonlar qatorida zöravonlik masalasini ham qöya boşlaydi, bu borada savollar böladi. Demoqçimanki, har bir yangilikning bir yomoni tomoni böladi boşida, şunday bölişi ham kerak. Lekin keyinçalik öz mevasini bera boşlaydi.

Umuman, bu yerda gap ajraşiş, munosabatlar buzilişi haqida emas, qurbon bölmaslik, şaxs daxlsizligi masalasi bor. Va bundan keyin har bir moddaning talqinini jamiyatga tuşuntiriş kerak».

Suhbatni batafsil video holida tomoşa qiling.