Blinken: Sudanda 72 soatlik otashkesim e’lon qilindi
AQSh davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, sulh e’lon qilinishidan oldin qizg‘in muzokaralar olib borilgan. G‘arb davlatlari o‘z fuqarolarini Sudandan evakuatsiya qilishda davom etmoqda.
Sudan muntazam armiyasi va Tezkor harakat kuchlari 24 aprel yarim tundan boshlab 72 soatlik otashkesimga kelishib oldi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi. Uning bayonoti sulh boshlanishidan bir necha soat oldin berilgan.
Qo‘shma Shtatlar tomonlarni kelishuvga to‘liq rioya qilishga chaqiradi, dedi Blinken hamda Vashington mintaqaviy va xalqaro hamkorlar, shuningdek, Sudan fuqarolik institutlari vakillari bilan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sulh e’lon qilinishidan avval so‘nggi 48 soat davomida qizg‘in muzokaralar olib borilgan. AQSh davlat kotibining umumiy maqsadi mamlakatda hokimiyatga fuqarolik hukumatining qaytishi deb atalgan.
15 apreldan beri Sudanda Abdul Fattoh al-Burxon boshchiligidagi muntazam armiya va Muhammad Hamdan Dagalo boshchiligidagi Tezkor harakat kuchlari o‘rtasidagi ziddiyat keskin avj oldi. Janglar oqibatida allaqachon yuzlab odamlar halok bo‘ldi va minglab odamlar yaralandi. Mojaroning sababi hokimiyat uchun kurashdir. 2021 yil oktyabrdagi harbiy to‘ntarishdan beri Sudanni al-Burxon raisligidagi O‘tish davri suveren kengash boshqarib kelmoqda. Tezkor harakat kuchlari qo‘mondoni Dagalo uning o‘rinbosari edi.
Mavzuga oid
16:08 / 14.11.2024
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
14:30 / 04.11.2024
Sudanda vabo epidemiyasi 852 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
20:57 / 31.10.2024
Sudanda 130 ayol jinsiy zo‘ravonlikdan qutulish uchun o‘z joniga qasd qildi
21:45 / 22.10.2024